179
Munosib baholash texnikalarini tanlash II: oʻqituvchi tomidan
yaratiladigan baholash tizimlari
Ilk bor ish boshlagan oʻqituvchilar uchun murakkabliklardan biri bu
munosib baholash texnikalarini tanlab, ishlatishdir. Ushbu boʻlimda biz
oʻqituvchilar foydalanadigan turli xil bahlash tizimlarini xulosa qilamiz.
Oldiniga biz oʻqituvchilar tezkor qarorlar talab qiladigan koʻrsatmalar paytida
ishlatadiga norasmiy texnikalar haqida muhokama qilamiz. Keyinchalik
oʻqituvchilar koʻrsatmadan oldin ishlatadigan va tasviriy qarorlar yaratadigan
rasmiy texnikalarni muhokama qilamiz.
Eslatmalarni qayd etib borish.
Kuzatuv jarayonlarini qayd etib boorish ishonchlilikni oshiradi va bir
talaba, guruh, yoki butun sinfxona ta’sirini tushunishni oshiradi. Ba’zan bu narsa
boshqa oʻqituvchilar yordamini talab etishi mumkin. Masalan, endigina aniq
fanlar boʻyicha oʻqitishni boshlagan Aleksis oʻylash uchun beriladigan vaqt
koʻproqligi talabalarning bilimini oshirishga yordam berishidan xabardor
(Rowe, 2003), ammo oʻz xulq-atvoridan koʻngli hotirjam emas, shuning uchun
hamkasbidan darsini kuzatishni va kutish vaqtlarini qayd etib borishni soʻraydi.
Aleksis kutish vaqti barcha talabalar uchun kamligini bilib oldi, shuning uchun
har safar talabadan savol soʻraganida, ichidan beshgacha sanashni mashq qila
boshladi. Oʻqituvchilar hamrohlar yordamisiz talabalar haqida hazilatomus
qaydlar yozib borishlari mumkin. Bu qaydlar talabalar xulqidagi hodisalarni
tasvirlashi mumkin, voqea qayerda va qaysi payt sodir boʻlgani, voqea haqida
mujmal sharh qoldiriladi. Misol uchun, voqeani tasvirlash Dushanba kuni
ertalab matematika darsida uxlab qolgan ikkinchi sinf talabasi Josef haqida
boʻlishi mumkin. Mujmal izoh u talabaning hafta oxirida toʻyib uxlolmagani
haqida boʻlsa, munosib izoh esa uning kasalligi va dori-darmonlar tufayli
uyqisiragani boʻlishi mumkin. Koʻrinib turibdiki, qoʻshimcha ma’lumotga
ehtiyoj bor va oʻqituvchi Josefdan nega uyqisirayotganini soʻrashi mumkin,
shuningdek, kelasi hafta davomida ham uning uyqisirashi yoki yoʻqligini
kuzatishi mumkin. Hazilatomus qaydlar odatda muhim ma’lumotlarni qamrab
oladi va ular xotiraga tayangandan yaxshiroqdir, ammo ular saqlanib qolishi
uchun vaqt kerak va oʻqituvchilar xolisona boʻlishda qiynalishadi.
180
Masalan, Josefning uyqisiraganini koʻrgach, oʻqituvchi uning uyqisiragani
belgilarini qidira boshlashi mumkin – tetik boʻlgan kunlarini esa u unutib
yuboradi. Shuningdek, oʻqituvchilar uchun kuzatuvlari yuqori darajada ishonchli
boʻlishi uchun keng turdagi namunalar keltirish ogʻir kechadi.
Oʻqituvchilar shuningdek, asosan IEP ga ega talabalar uchun rasmiy
kuzatuvlar olib borishadi. Maktabdan oldingi dargohda norasmiy va rasmiy
kuzatuvlar muhimligiga misol quyidagichadir:
Katta
shahar
chetidagi
mahallada
maktabdan oldingi dargoh
sinfi mavjud va ularda
sakkizta kam ta’minlangan
talabalar va til boʻyicha va
ijtimoiy qobiliyati boʻyicha
iqtidorli toʻrtta talaba bor.
Kam ta’minlangan talabalarning ba’zilari kechikib gapirishni
oʻrganganlik bilan, ba’zilari xulq-atvor kasalliklari bilan, va ba’zilari esa
autizm bilan tashxis qoʻyilgan. Talabalar oʻqituvchi bilan oʻtirishadi va
oʻqituvchida turli hajmdagi uchta “ajoyib” narsa bor (masalan, oʻyinchoq
pandalar), va talabalardan ularni kattaligi boʻyicha tartibga keltirish soʻraladi.
Qobiliyatli talabalardan ham ularning har biriga qoʻl choʻzib koʻrsatishni va
“Mana bunisi kattasi”, “Mana bunisis oʻrtachasi”, va “Mana bunisi kichigi”
deb aytish soʻraladi. Ba’zi talabalar uchun faqat ikkita tanlov berildi (kata va
kichik), chunki ularning rivojlanish darajasi uchun shu ikkisi yetarli. Oʻqituvchi
norasmiy tarzda shuni kuzatadiki, bolalardan biri oyogʻini qimirlatmasdan
oʻtirishda qiynalayapti va u sekingina yordamchidan ogʻirroq bir material
berishni soʻraydi va uni oyogʻini tekis tutishi uchun bolaning oyogʻiga qoʻyadi.
Mashgʻulot davom etadi va yordamchi talabalar xulqini ehtiyotkorlik bilan
kuzatib, IEP rivojlanish kartochkalariga qaydlar yozib boradi: “Markdan ikkita
rasm yoki narsani tanlash soʻralganda, u 80 foiz holatda munosib buyumni
koʻrsatadi.” Oʻqituvchi va uning yordamchilari kun yarmi davomida kam
181
ta’minlangan talabalarning munosib xulq-atvori haqida qaydlar yozib
borishadi. Kunlik qaydlar har hafta xulosa qilinadi. Agar muayyan bir vazifa
uchun yetarlicha kuzatuvlar yigʻilmasa, oʻqituvchi va yordamchi koʻproq
kuzatuvni oʻsha bolaga qaratishadi va, agar lozim boʻlsa, vzaifaga taalluqli
alohida vaziyatlar yaratishadi. Har hafta oxirida oʻqituvchi kam ta’minlangan
talabalar oʻz vazifalariga mos ishlashayotganini hisoblab boradi.
1
Dostları ilə paylaş: |