175
metodlaringiz yoki madaniyat darsliklaringizdan emas, balki ta’limiy
psixologiya mazmuniga asoslangan boʻlishi kerak. Shuningdek, mavzular
barcha yettita boʻlim mazmunini qamrab olishi kerak, faqatgina uchdan
yettigacha boʻlganlarini emas – agar instruktoringiz shu boʻlimlar
muhimroq
ekanligini aytmasa.
Oʻqituvchilar mazmun yaroqliligiga asoslangan dalil yigʻishni
boshlashdan avval, ular oʻz maqsadlari va vazifalarini aniqlashtirib olishlari
kerak. Mazmun yaroqliligi baholash tizimi oʻqituvchi (yoki test tuzuvchi)
tomonidan baholangan vazifalarga munosib ekanligi darajasini belgilaydi va ular
oʻzlarining maqsad va vazifalarini tasvirlaydilar (Linn & Miller, 2005).
Oʻqituvchilar baholash vazifalarini yaratayotganda, mazmun yaroqliligi haqida
ham oʻylashlari muhimdir. Buni qilishning usullaridan biri esa tavsilotlar
jadvalini yaratishdir. Pensilvania shtati 3-sinf geografiyasiga asoslangan namuna
quyida keltirilgan. Chap tomondagi ustunda 20 mavzuli test uchun koʻrsatmali
mazmun keltirilgan va oʻqituvchi buni ikki xil koʻrsatmali vazifa (tanishtirish va
samara)lar yordamida barpo etmoqchi. Ikkinchi va uchinchi ustunlar har bir
mazmun hududi va har bir koʻrsatmaviy vazifalar uchun atalgan mavzular sonini
belgilaydi. Agar kuzatsangiz, oʻqituvchi oltita mavzuni geografik
tasvirlar sub-
hududiga bagʻishlagan – har qanday sub-hududdanda koʻproq. Tafsilotlar
jadvalini yaratish oʻqituvchilarga ba’zi mazmun yoki konsepsiyalar haddan
tashqari koʻp namunalashtirilganligini (masalan, haddan tashqari koʻp mavzular)
va ba’zilari haddan tashqari kamligini (masalan, haddan tashqari kam mavzular)
koʻrishda yordam beradi.
Konstruksiya yaroqlilik dalili mazmun yaroqlilik dalilidan ancha
murakkabroq. Odatda biz talaba ishlari borasida kengroq qarorlar qabul qilishga
qiziqamiz va kasr kabi aniq qobiliyatlari bizni unchalik qiziqtirmaydi. E’tibor
asosan matematik mulohaza yoki oʻqish mashqlariga qaratilgan boʻlishi
mumkin. Konstruksiya bu biz xulq-atvorni tushuntirib berish uchun yaratilgan
deb hisoblovchi odam xarakteristikasidir. Misol uchun,
biz havotirlanish testi
konsepsiyasini ishlatamiz, va bunda nima uchun individuallar test paytida
e’tiborlarini bir yerga jamlashda qiynalishlarini, terlash kabi fiziologik
reaksiyalarga uchrashlarini va testni oddiy sinf vazifasiga qaraganda yomonroq
176
bajarishlarini tushuntirib beramiz. Shu tarzda, matematik mulohaza va oʻqish
mashqlari konstruksiyalardir va biz ulardan baholashdagi
ishlarni izohlashda
foydalanamiz. Konstruksiya yaroqliligi bu baholashdagi ish izohlana oladigan
va konstruksiyaga boshqa nomunosib faktorlar ta’sir etmagan oʻlchovni aniqlash
jaronidir. Misol uchun, Yuqori keltirilgan imigrantlarning ingliz tilida
matematik mulohaza testi haqidagi qarorlar ingliz tiliga bogʻliq boʻlganda
pastroq yarorlilikni tashkil etgan boʻlardi, lekin bu narsaning matematikaga
aloqasi yoʻq. Xuddi shunday tarzda, semestr soʻngidagi
imtihonlar ham oddiy
vazifalarga qaraganda test paytida koʻp havotirlanadigan talabalar uchun ogʻir
kechadi. Oʻqituvchilar talabalar mehnatiga ta’sir etuvchi ammo baholanayotgan
konstruksiyaga nomunosib boʻlgan faktorlarni kamaytirgan holda konstruksiya
yaroqliligini oshirishga yordam berishlari mumkin. Bu faktorlar bezovtalik,
ingliz tili qobiliyatlari va oʻqish tezligidan iborat (Linn & Miller 2005).
Yaroqlilik dalilining uchinchi shakli bu kriteriyaga asoslangan
yaroqlilikdir. AQShdagi tanlov orqali oluvchi kollejlar ACT yoki SAT
dasturlaridn foydalanishadi chunki ushbu standardlashtirilgan testlar birinchi
kurs talabalarini
topishda yordam beradi, masalan, ularda yuqori kriteriyaga
asoslangan yaroqlilik mavjud. Ba’zi maktablar kuzgi semetrda talabalarga
matematika yoki oʻqish boʻyicha testlar berishadi, shu bilan ular qaysi talabalar
bahor paytidagi shtat imtihoniga tayyor va qaysilari yordamga muhtojligini bilib
olishadi. Agar kuzgi testlar talabalarning mehnatini aniq belgilay olmasa,
keyinchalik kerak boʻlmagan talabalarga kriteriyaga asoslangan yaroqlilik
toʻgʻrisida qoʻshimcha yordam berilishi mumkin.
1
Dostları ilə paylaş: