Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
Ustunlik va kamchiliklari. 
Yaxshi ishlatilgan portfoliolarning bir nechta ustunlik taraflari bor. Ular 
hujjatlarni toʻplash va oʻsishni baholashning yoʻlini tanlangan savol-jvob 
testlaridan koʻra kichikroq hajmda koʻrsatadi. Shuningdek portfoliolar oʻqitishga 
osonlik bilan joriy qilina oladi. Masalan, oʻrganish uchun baholash ishlatilishi 
mumkin. Portfoliolar shuningdek oʻz-oʻzini baholash va tahlil qilish, yana 
bilimga egalik uchun ham ruhlantiradi. Sinfda talabaning ruhini koʻtaish uchun 
baholashning ishlatilishi keyingi oʻringa qoʻyiluvchi bilim uchun baholashning 
muhim bir tarkibi hisoblanadi. 
Lekin portfoliolarning ishlatilishini ham koʻp kamchiliklari mavjud. 
Birinchidan, bitta yaxshi portfolioni baholab chiqish oʻqituvchining koʻp vaqtini 
va tashkiliy ishlarini talab qiladi. Portfolioning maqsadini, strukturasini 
tushunishga va yigʻishga va oʻz-oʻzini tahlil qilishga qaror qilishi uchunyordam 
sifatida vaqt kerak boʻladi. Bu vaqtning koʻp qismi birga bir yigʻilishlar uchun 
sarflanishi kerak. Рortfoliolarni sinfdan tashqarida koʻrib chiqish va baholash 
juda ham koʻp vaqt oladi. Oʻqituvchilar portfolioning ishlatilishining foydasiga 
sarflangan vaqt bunga arziydimi buni chuqur oʻylab koʻrishlari kerak. 
Ikkinchgidan, portfoliolarning ishonchliligini baholash va notoʻgʻri 
tushunchalarni yoʻqotish tayyor javobni baholashdagiga qaraganda qiyinroq 


189 
boʻladi chunki natijalar turli boʻladi. Yozma ishda va matematikada 
Vermontdagi toʻrtinchi va sakkizinchi sinflarda portfoliolarni baholash uchun 
davlat miqyosida keng koʻlamda ishlatilishi tajribasi juda ham jiddiy. 
Oʻqituvchilar portfolioni baholayotgan paytda bir xil analitik hisoblash 
rubrikalarini ishlatishgan. Birinchi ikki yillikda maktablardan misollar yigʻilgan 
va maktabdan tashqari oʻqituvchilar ha’yati tomonidan baholangan.
Birinchi yili baholovchilar orasida matematika va oʻqish uchun kelishuv 
juda yomon edi. Ikkinchi yili baholovchilar orasida kelishuv matematika uchun 
yaxshilangandi, lekin oʻqishga yomon edi. Lekin, yaxshilangan natija bilan ham 
matematikada portfolioni ishlatishga boʻlgan ishonch oʻta past edi. Ishonch past 
boʻlganda, yaroqlilik ham kamaytirildi, chunki mukammalshmagan natija 
samarali hisoblanmaydi. 
Agar oʻqituvchilar sinfda portfoliolarni ishlatsa, 3.2-javdaldagi buni 
amalga oshirish uchun bosqichlar seriyasi kerak boʻladi. Agar maktab yoki 
tumanda portfolio bor boʻlsa bu bosqichlar aniqlashtirib olinishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin