Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Tanlangan javob mavzulari. 
Oʻqituvchilar tanlaydigan baholash tizimining umumiy shakllari tanlovli 
testlar, ulash va toʻgʻri/xato mavzulardir. Tanlangan javob mavzularida talabalar 
oʻzidan yoki harakatlaridan javob chiqarmasdan, oʻqituvchi yoki test tuzuvchi 
tomonidan taminlangan javoblardan birini tanlashi kerak. Tanlangan javob 
mavzulari talabadan ma’lumotlarni eslashni emas, balki toʻgʻri javobni taniy 
olishni talab qiladi. Shunday mavzuli testlar xolisona deb ataladi, chunki ularga 
baholovchining ta’siri va mulohazalari boʻlmaydi, shuning uchun ham 
koʻpincha mashina tomonida baholanadi. Baholashda potensial xatolarni 
kamaytirish testlarning ishonchliligini oshiradi, ammo faqat xolisona 
baholashdan 
foydalanadigan 
oʻqituvchilar oʻz baholash tizimlarining 
yaroqliligini kamaytirish ehtimollari bor, chunki xolisona testlar barcha 
oʻrganish maqsadlari uchun munosib emas (Linn & Miller, 2005). Bilim 
oʻrganish uchu va shuningdek, bilim oʻrganishning baholash tizimi shunday 
joylashishi kerakki, baholash texnikalari oʻrganish maqsadlari va natijalariga 
munosib kelishi kerak.
Misol uchun, talabalar maqsadi eksperiment oʻtkazish boʻlsa, demak 
ulardan eksperiment oʻtkazish haqida emas, balki, oʻsha eksperimentning oʻzini 
soʻrash kerak. 
 
 


182 
4.1.3. Topshiriqni bajarishni baholash 
1.
Motivatsiya va oʻziga ishonchni oshiradigan baholash. 
Odatda talabalar oʻqituvchilar jarayonni (masalan; tadqiqotdagi 
ma’lumotlar yigʻindisi), shuningdek natijani (misol uchun, tugallangan hisobot) 
kuzatayotgan paytda bir maxsus topshiriqni bajarib turishlari kerak. Talabalar 
bajaradigan topshiriqlar oddiy emas va tanlangan javoblarga zid ravishda 
quyidagilarni ham vazifaga qoʻshishlari kerak: 

musiqiy asbobni chalish; 

atletik qobiliyatlar; 

badiiy yaratuvchanlik; 

chet tilida suhbatlasha olish; 

siyosiy suhbatlarda qatnasha olish; 

ilmiy tadqiqot olib boorish; 

biror uskunani ta’mirlash; 

maqola yozish; 

birgalikda oʻynash uchun interfaol metodlarni qoʻllash. 
Bu misolarni hammasi mukammal qobiliyatlarni oʻz ichiga oladi, lekin 
shu davr mobaynida bajarilgan ishni baholash turli usullarda ishlatiladi. Misol 
uchun, oʻqituvchi jarayonni toʻliq kuzatib bora olmasligi mumkin (u qoralama 
variantini koʻrishi mumkin, lekin soʻnggi ish maktabdan tashqari soatlarda 
yoziladi) va insho testlari odatda ishni bajarishni baholash sifatida tasniflanadi. 
Yana, ba’zi bajarilgan baholash ishlarda aniq bir natija boʻlmasligi mumkin. 
(bajarilgan ish guruh interfaollaridan foydalangan boʻlishi mumkin). 
Ikki bir-biriga bogʻlangan atamalar, muqobil tahlil va haqqoniy tahlillar 
ba’zida ishni bajarishni tahlil qilishni oʻrniga ishlatilishi mumkin, lekin ularning 
ma’nolari har xil. Muqobil tahlil qogʻoz-qalamga bogʻliq boʻlmagan 
topshiriqlarga tegishli (maqola yozish, insholar). Haqqoniy tahlillar talabalar 
“haqiqiy hayotda” bajaradigan vazifalarga oʻxshash vazifalarni ifodalaydi. 
Haqqoniylikning bosqichlari oʻzgarib turadi. Misol uchun, Chikago oliy 
ta’limida oʻqitiladigan yapon tili Tokioda gaplashish uchun judayam ishonchli, 
lekin u faqatgina Yaponiyada ta’lim uchun borishda yoki sayohat uchun 
ishlatilishi mumkin. Chikagoda yaponlar bilan suhbatlashish ham ishonchlilik, 


183 
haqqoniylikni oshiradi va yapon tili oʻqituvchisi bilan suhbatlashish oʻrtacha 
darajada haqqoniy. Bundan ham kam samarali usul bu ingliz va yapon tillarini 
solishtiruvchi testlar. Til darslarida direktorga rasmiy maktub yozish ham ular 
keng tarqalgan ish turlaridan boʻlganligi uchun judayam haqqoniy. Lekin besh 
paragrafli maqola yozish samarali emas chunki ular oddiy hayota deyarli 
ishlatilmaydi. Biroq besh paragrafli maqola yozish qiyin ish va odatda ishni 
bajarilishini tahlil qilish sifatida tasniflanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin