Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
Fikr-mulohaza bildirish 
Oʻquvchilarning nimani tushunganliklarini yoki tushunmaganliklarini 
shuningdek ularning avval boshdan xatosi nima ekanligini koʻrsatuvchi 
mulohaza bilan ta’minlash baholashning asosiy maqsadi. Foydali mulohaza ish 
namoyish etilganidan keyinoq berilishi kerak aks holda bu tushunmochiliklarga 
olib keladi.Shuningdek kech bildirilgan mulohaza oʻquvchilarning baholash 
davomida oʻylayotgan qarshi fikrlarini unutishiga olib keladi. Foydali mulohaza 
oʻquvchilarga nimani yaxshi va nimani oʻzgartirish kerakligini aniq tushuntiradi. 
“yaxshi ish” yoki “ozgina yaxshilash kerak” degan umumiy fikrlar 
oʻquvchilarga bilimlarini qanday oʻstirishlari kerakligiga yordam bermaydi. 
Yaxshi tashkillashtirilgan hisoblash rubrikalarini ishlatgan holda berilgan fikr 
vazifaning kuchli va kamchilik tomonlarini aniq aytadi. Ba’zan baholar juda 
ham kerak, lekin oʻqituvchilar bahoni fikr va mulohazalardan keyin yoki ishning 
oxirgi varagʻiga qoʻyish orqali bahoga boʻlgan e’tiborni kamaytirishlari 
mumkin. Bu shuningdek oʻquvchilarga bahoni boshqalarga koʻrsatmasligiga 
(masalan koʻrinadigan qilin qizil ruchka bilan baho qoʻymaslik) yordam beradi 
va hech qachon oʻquvchilardan oʻzlarining bahosini sinf oldida ovoz chiqarib 
aytishini soʻramang. Ba’zi oʻquvchilar baholarini aytgisi keladi, bu oʻzlarining 
xohishiga bogʻliq boʻlishi kerak oʻqituvchining emas. 
Koʻpincha oʻqituvchilar baholayotib oʻquvchilar qilgan xatolardan jahli 
chiqadilar. Oʻqituvchilarga “bor kuchim bilan oʻqitdim, bu oʻquvchi esa qoidalarga 
amal qilmaydi yoki notoʻgʻri yozadi” deb oʻylash oson. Koʻp tajribali oʻqituvchilar 
jahl yordam bermasligini biladilar va “shunaqayam pala-partish ish boʻladimi” yoki 
“sening javoblaring standartlarga toʻgʻri kelmasligidan xafa boʻldim” deb 
oʻtirishmaydi. Tadqiqot yana shuni koʻrsatdiki “sen juda ham aqllisan” deyish ham 
teskari ta’sirga ega. Bu koʻp oʻqituvchilar uchun ajablanarlidir, lekin agar ularga 


194 
yaxshi ish qilibsan vasen zoʻrsan desa, keyin keyingi imtixonda yomon bajarsa 
keyin “sen aqllimassan” deyishga toʻgʻri keladi. 
Juda foydali fikr vazifaning ijobiy tarafiga bildiriladi (shaxsga emas), 
shuningdek strategiya va harakatga qaratiladi. Fikrning mavzusi oʻqituvchi 
tomonidan belgilangan mezonlar doirasida boʻlishi va qanday qilib oʻsishga 
erishishga qaratiladi. 
Oʻqituvchi va oʻquvchi turli irqlardan boʻlsa fikr bildirish motivatsiyani 
va oʻziga ishonchni oshirishi mumkin, lekin oq tanli oʻqituvchi tomonidan 
bildirilgan tanqid qiyinroq boʻladi chunki qora tanli oʻquvchilarda salbiy 
tanqidga agressiyasi kuchliroq boʻladi.
Kohel Still Ross tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki 
oʻqituvchi tomonidan beriladigan aqlli fikr uchta hislatga ega boʻlishi lozim: 
ijobiy fikrlar, tanqid va oʻquvchi yuqori choʻqqiga chiqa olishiga undovchi 
ragʻbat. Biz bu tadqiqotni “tadqiqot haqida bir qarorga kelish” boʻlimida 
koʻproq ma’lumot beramiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin