Ota-onalar va vasiylar bilan aloqa. Sinfda baholash haqida ota-onalar bilan aniq yoʻnalishga ega aloqa ham
muhim, lekin bu koʻpincha endigina oʻqitishni boshlaganlar uchun ancha qiyin.
Oʻquvchilar bilan aloqa oʻrnatishga kerak boʻlgan munosabatlar ota-onalar bilan
ham kerak boʻladi. Oʻqituvchilar baholashning ahamiyati haqida, nima uchun
kerakligini va yuqori natijaga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida ota-
onalarga tushuntirib berishlari kerak. Ba’zi oʻqituvchilar har oyda yoki muhim
vazifaning boshida ota-onalarga xat joʻnatib turishadi, qoʻshimcha qoʻllab
quvvatlash ham kerak boʻladi (masalan, materiallar, kutubxonaga tashriflar).
Ba’zi ota-onalar sahna koʻrinishini baholashni yoki oʻz-oʻzini, tengdoshini
baholash nima ekanligini tushunmasligi mumkin shuning uchun oʻqituvchilar
yotigʻi bilan tushuntirib berishi lozim. Hozirda koʻp maktablar hamma ota-
onalarga ham ma’lum boʻlishi uchun vebsaytlardan foydalanadi (masalan, dastur
va baholash detallari) shuningdek u yerda ota-onalar va maxsus oʻquvchilarning
vasiylari uchun cheklangan ma’lumotlar ham boʻladi. (masalan, darslarga
qatnashish va baholar). Oʻqituvchilar buni ota-onalarda farzandining oʻqishi
haqida savoli boʻlsa ularda tezda javob olish imkoni boʻlganligi uchun yoki
farzandi bilan internet orqali gaplasha olganligi uchun ham foydali hisoblashadi.
Fikr bildirishdagi mezonlar haqidagi tavsiyalar ota-onalarga ham berilishi
kerak. Diqqat bolaning qanchalik aqlli yoki “kuchsiz” ekanligiga
qaratilganligidan koʻra vazifaning bajarilishiga va nima yaxshi bajarilganligi,
nimani ustida ishlash kerakligiga qaratilishi kerak. Agar imkoniboʻlsa fikr bola
nimani yaxshi ishlatishiga va nimani yaxshilashi kerakligiga (masalan, test
savolarini ehtiyotkorlik bilan oʻqish, kata loyihalarda tashkiliy ishlarga)
qaratilishi kerak. Agar oʻqituvchi oq tanli boʻlsa va ota-ona boshqa irqdan boʻlsa
“aqlli” fikr yorda berishi mumkin.