Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
 
 
 


171 
IV ВОВ. KASBIY PSIXODIAGNOSTIKASI. 
4.1. КASBIY FAOLIYAT PSIXODIAGNOSTIKASI 
4.1.1. Psixodiagnostika haqida tushuncha 
 
Psixodiagnostika nima?
Рsixodiagnostika soʻzini asl mohiyati “psixologik tashxis qoʻyish” yoki 
kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni 
anglatadi. 
Psixodiagnostika – amaliy jihatdan deyarli psixologning barcha faoliyat 
doiralarida, ya’ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi 
sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion 
ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qoʻllanadi. Ammo koʻpincha amaliy 
psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi 
sifatida namoyon boʻladi. Uning maqsadi psixologik tashxis qoʻyish, ya’ni 
kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi. 
“Psixodiagnostika”
atamasi 

psixologik tashxis qoʻyish”
degan ma’noni anglatib, shaxsning 
ruhiy holatida toʻliq yoki biror bir 
alohida xususiyati haqida xulosa 
chiqarishdir, 
bunda 
“tashxic” 
shaxsning taraqqiyot koʻrsatkichi 
va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va 
xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir. «Psixodiagnostika» atamasi ilk 
bor 
Rorshaxning «Psixodiagnostika»
asarining chop etilishidan soʻng 
psixiatriyada tarqalgan boʻlib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng 
miqyosda ommalasha boshlandi. «Diagnoz», yani «tashxis» esa shaxs 
rivojlanishidagi har qanday ogʻishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarini 
aniq taraqqiyot darajasini aniqlash, demakdir. 
Psixodiagnostika — bu maxsus bilimlar sohasi boʻlib, individ yoki guruhni 
psixologik taraqqiyot koʻrsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun 
metodika va metodologiyalar nazariyasi ishlab chiqish bilan bogʻliqdir. 


172 
Psixodiagnostika baholash ob’yekti, psixologiya fani oʻrganayotgan har qanday 
jarayon boʻlishi mumkin. Masalan, oʻzaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning bir-
biri bilan kechayotgan xatti-harakati va muloqotida yuzaga keladigan, alohida bir 
odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayon bilan tugatish 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin