Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Yaxshi baho
olish uchun ishga layoqat bilan 
yondashadigan yuqori qobiliyat va kasbiy majburiyatlarni aniq bajarish bilan 
ajralib turadigan ishchilar tekshiriladi. Bu bahoni faqat chuqur bilimga ega 
boʻlgan oʻz ish-joyida qiyinchiliklarni enga oladigan, qobiliyatli va saloxiyatli 
mutaxassislar boʻlishi mumkin. 
Qoniqarli baho
: bu baho oʻz shaxsiy sifatlari, 
qobiliyatlari va kasbiy faoliyatini “yaxshi” bahosini darajasiga yetarlicha javob 
bermaydigan shaxslarga beriladi. Qobiliyatlar va kasbiy majburiyatlarni 
bajarishda kamchiliklari mavjud ishchilarga qoʻyiladigan baho. Bu xodimlarning 
kamchiliklarini bartaraf etishga umidi mavjud. Ishchilarga attestatsiyada 
beriladigan eng yomon baho. Bu ishchilar kasbga nisbatan layoqat qobiliyatlari 
va mehnat majburiyatlarini bajarish borasida talabga javob bermaydilar, chunki 
elementar bilimlarida boʻshliqlar mavjudligi tufaylidir. Bu kamchiliklarni 
bartaraf etib boʻlmaydi, boʻlgandayam xodimdan shunday kuch talab etadiki, 
kutilmagan xolda qabul qilinadi. U oʻz lavozimiga loyiq emas hisoblanadi.


162 
Tanlov xulosasi- bu mutaxassislarga ular kasbiy darajalariga muvofiq 
malaka toifalarini berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishdir. Toifa berish- 
fikrimizcha, tanlovning maqsadlaridan biri xolos. Yodda tutish kerakki, tanlov
nafaqat mutaxassisning dolzarb malaka darajasini baholash kerak, balki uning 
kasbiy oʻsishini, uning malakasini oshirish yoʻllarini shuningdek, karera 
istiqbollarini aniqlab berish lozim. Tanlov bir marotabalik xodisa yoki 
navbatdagi kompaniya sifatida koʻrilmasligi kerak. Agarda tanlov maqsadiga - 
ya’ni kasbiy oʻsishni tezlashtirish, mehnat sifati va maxsuldorligini oshirish, 
ijodiy tashabbuskorlikni oshirishga erishilsa - shunda mutaxassislar uchun 
attestatsiya muassasa va tashkilotlarda odatiy va doimiy istalgan holat boʻlib 
qoladi. Shu qoidaga tayanib, biz mutaxassisni baholash uchun kerak boʻladigan 
ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan mutaxassisning kasbiy toifa pasportini ishlab 
chiqdik. Pasport ikki qismdan iborat. Birinchisida biografik ma’lumotlar boʻlib, 
kasbiy uzgarishlarda bu oʻzgarishsiz qoladi. Ikkinchi qismi xar qaysi attestatsiya 
jarayonida toʻldiriladi. Shunday kasbiy toifa pasportiga ega boʻlib, muassasa 
rahbari ob’yektiv ravishda xech qanday qiyinchiliklarsiz xodimini ishlatish 
mumkin, mutaxassisning oʻzi esa oʻz kasbiy oʻsishini nazorat kilishi, oʻz vaqtida 
kasbiy faoliyatga kerakli oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Tanlovning asosiy tamoyillariga rioya etishni ta’minlash uchun- yana bir 
bor tanlov oʻtkazishning ayrim muammolarida toʻxtalib oʻtamiz. Eng asosiysi 
odamga yunaltirilganlik mutaxassisga uning toifasidan qatiy nazar unga 
qiziqish, xodimga yaxshi munosabatda boʻlish, undan kutiladigan emas, balki 
uning kasbiy oʻsishini doim nazarda tutish kerak. Bu muammolarni xal etishda 
real imkoniyatlarni sanab oʻtamiz: Tanlovda oʻguvchini metodikasini barcha 
materiallari bilan tanishtirish. Mutaxassis faoliyatining tekshiruvini oʻtkazishda 
tanlovdan oʻtuvchi tayinlangan materiallar bilan tanishtirilishi lozim. Qaysidir 
nomzoddan norozilik xollarda u ekspertni chetlatishga xaqli. Imtixon 
komissiyasi taklif etgan variantlardan imtixon shaklini tanlash tanlovdan 
oʻtuvchilarga bogʻliq. Tanlovni oʻtkazishda attestatsiyadan oʻtuvchilarning 
individual, jins, yosh xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Tanlovda yul 
qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatolarga toʻxtalib oʻtamiz. Tanlovda yosh, endi 
faoliyatini boshlagan xizmatchilar faoliyati tajribasizlik, mas’uliyatsizlik bilan 


163 
belgilanadi. Koʻp yillik stajga ega boʻlgan mutaxassislarga esa kasbiy ishonch, 
ammo shu bilan birga konservatizm va yangiliklarga oʻrgana olmaslik xos 
boʻladi. Tanlovning ob’yektivliligiga attestatsiya komissiyasi a’zolarining 
ishchilarga boʻlgan simpatiya va antipatnyalari ta’sir etadi. Shuning uchun 
kimlargadir baholar koʻtarilib qoʻyadi, kimgadir pasaytirib qoʻyiladi. Tanlov 
natijalariga rahbarlar tomonidan ekspertlarga berilgan xulosalar ta’sir etadi. 
Tanlov natijalari boʻyicha mutaxassislarga oshirilgan yoki aksincha 
pasaytirilgan ogʻzaki tavsiflar beriladi. 
Kasb tanlash – kasb talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar 
orasidan shaxsiy xususiyatlari va hislatlari ustuvorligiga koʻra munosibrogʻini 
tanlashni bildiradi. Kasb tanlash kasbiy yoʻnalganlikka nisbatan bir muncha 
murakkabrogʻ jarayon. Chunki shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan 
kasbni egallashga tayorgarlik (bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining 
kengligini) darajasining mavjudligini aniqlash talab etiladi. Kasbiy shakllanish 
va kasbiy faoliyat muammolarini tadqiq etish dolzarb va keng qamrovli 
psixologik - pedagogik muammo sifatida baholash uchun barcha asoslar mavjud. 
Mazkur muammo ijtimoiy - iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida shaxs oldiga 
yanada kattaroq talablar qoʻyadi. XXI asrning boshidagi kasb-korlikka doir 
axborotlar koʻlamining ortganligi, inson ehtiyojjlarining oʻsib borayotganligi, 
yangi sohalarning paydo boʻlayotganligi, kasb yoʻnalishlarining oʻzgarib borishi 
va shaxsning hayotga munosabatining oʻzgarayotganligi sifatlari bilan 
xarakterlanadi.
Ma’lumki, har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda 
yashashni istaydi. Shu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga 
xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga intiladilar va moddiy 
boyliklarni oʻzlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va 
mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir 
kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati yetarli boʻlmaydi. 
Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga toʻgʻri kelmaydigan 
kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir 
koʻrsatadi. Shu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u 
tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati oʻta dolzarb masala 


164 
hisoblanadi. Biz quyida shu masala boʻyicha psixolog olimlarning qarashlarini, 
oʻtkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz. Ma’lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi 
toʻrt asosiy bosqichdan iborat boʻlib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) 
kasbiy intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta’lim; v) kasbiy moslashish; g) 
shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va toʻliq oʻzini-oʻzi bagʻishlashi. Mazkur 
bosqichlarga mos holda kasbiy oʻzini oʻzi aniqlash jarayoni ham sodir boʻladi. 
Kasbiy oʻzini oʻzi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda yetarli darajada 
chuqur yoritilgan boʻlib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va 
kasb tanlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratganlar. Respublikamizda olib 
borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar aholidan yuksak madaniyatni, oʻz 
kasbining mohir ustasi boʻlishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan kasbiy 
faoliyatning ikki xil jihati psixologik va pedagogik jihatlari farqlanadi. Kasbiy 
faoliyatning psixologik jihatlari xodimlarning kelajakda oʻz burch va 
majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun ularga zarur boʻlgan psixologik – 
pedagogik tamoyillar, kategoriyalar va tushunchalarni singdirish hamda kasb 
madaniyati va etikasi talablariga muvofiq hatti – harakatlarini izohlash, xizmat 
vazifalarini toʻgʻri bajarishga oʻrgatish, oʻz kasbiga mehr – muhabbat, insonga 
hurmat bilan qarashni tarbiyalashda namoyon boʻladi. Kasbiy faoliyatning 
pedagogik jihatlari esa xodimlar xulqidagi mavjud ahloqiy – siyosiy 
xususiyatlarda aks etib, ahloqiy prinsiplar va me’yorlarning shaxs ongida 
qanday hosil boʻlishi bilan belgilanadi. Axloqning shakllanishida atrofdagi turli 
xulq – atvordagi kishilar, shaxsiy tajriba, muayyan tiplar toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan faktlar katta 
ahamiyatga ega.
Kasbiy ta’limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayorgarlik boʻlib, 
bunda tayorgarlik ikki xil koʻrinishda amalga oshiriladi: mustaqil 
oʻrganish(qoʻshimcha ta’lim yoki mustaqil ta’lim) va maxsus kasbiy ta’lim 
muassasalarida ta’lim olish orqali. Kasbiy ta’limning muvaffaqiyatini 
belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma’lum bir kasbga tayorgarlik‖ 
holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayorgarlikni ham 
nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, 
bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda oʻz 


165 
imkoniyatlarini roʻyobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan oʻz ichki 
imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma’lum kasbning talablariga uning 
imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir boʻladi. Kasb tanlash ma’lum bir 
kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub’yekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov 
ob’yekti) munosabatlarini oʻzida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi. Tanlov 
sub’yekti va tanlov ob’yekti oʻrtasidagi munosabatlar xarakteristikasini 
oʻrganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kasb tanlash 
qisqa vaqtda hal etiladigan ish boʻlmasdan, balki qator bosqichlardan iborat 
jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash 
sub’yektining individual xususiyatlariga bogʻliq holda kechadi. Kasbiy jihatdan 
oʻz oʻzini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson uchun dolzarb mazmun 
kasb etadi va bir qancha bosqichlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Biz quyida shu 
bosqichlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin