170
zarur hisoblanadi. Sintetik yondashuv yaxlit faoliyatni yoki uning muhim
elementlarini oʻrganishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham mazkur metod
darajasida turli xil apparatlardan foydalaniladi. Bu apparatlar yordamida butun
boshli kasbiy operatsiyalar modellashtiriladi. Kompleks yondashuv analitik va
sintetik yondoshuvlarning qoʻshiluvidan paydo boʻladi‖. Endi qisqacha kasb
tanlash bilan bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtamiz. Ulardan birinchisi
kasbiy ma’rifat hisoblanadi. Kasbiy ma’rifat deb tanlanadigan kasb haqida,
uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni uzatishga
aytiladi. Shuning uchun ma’lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb haqida,
uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha koʻp ma’lumotlarga ega
boʻlishlik shu kasbni tanlashda toʻgʻri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday
qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yoʻlining boshida
turgan oʻspirin uchun juda foydali hisoblanadi. Keyingi yoʻnalish – kasbiy
maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi vazifalarni bajarishni oʻz oldiga
maqsad qilib qoʻyadi: A) Lugʻaviy - ma’lumot berish vazifasini bajaradi. Bu
ma’lumotlar ishga joylashish kanallari, ishga kirishga qoʻyiladigan talablar, turli
xil kasblarni egallash imkoniyatlari, kasbiy oʻsishning kelajakdagi yoʻnalishlari
haqida ish axtaruvchiga xabar beradi.
B) Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub’yekti shaxsini
uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai-
nazardan oʻrganish haqida gap ketadi. Biz oʻz tadqiqotimizda ham mazkur
masalaga e’tiborimizni qaratganmiz. V)Korreksion vazifani bajaradi. Kasb
tanlash sub’yektining imkoniyatlariga uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab
oʻzgartirish korreksiya deb ataladi. Shunday qilib, kasbiy oʻzini-oʻzi aniqlash
oʻzida quyidagi psixologik muammolarni mujassamlashtiradi: kasb tanlash,
kasbiy yoʻnalganlik, psixologik tayyorgarlik masalalaridan xabardorlik.
Dostları ilə paylaş: