173
Keyinchalik, Kym hozir ham xuddi oʻsha maktabda oltinchi sinflarni
oʻqitmoqda va yuqorida tasvirlangan strategiyalarni oʻzgartirishda davom
etmoqda. U oʻqitgan talabalar sifati yaxshilanganiga qaramasdan, maktab
yopilib ketdi,
chunki nisbatan olib qaraganda, talabalar sifati yomon edi. Kym
doktorlik unvonini oldi va hozirda xizmatdan oldingi va xizmat davomidagi
oʻqituvchilarni peshingi darslarda Ta’limiy Psixologiya boʻyicha oʻqitmoqda.
Kimning hikoyasi biz ushbu qismda va 12-qismdagi standardlashgan
testda kashf etadigan baholashga doir bir qancha mavzularni aks ettiradi.
Birinchidan, samarali baholash tizimini tanlash koʻrsatmali amaliyotga,
motivatsiyaga boʻlgan ishonchga va shtat test tizimining mavjudligiga
asoslanadi. Ikkinchidan, ba’zi oʻqituvchi tomonidan yaratilgan baholash tizimi
talabaning oʻrganishini va ishtiyoqini oshiradi – ba’zilari esa unday emas.
Uchinchidan, oʻqituvchilar oʻz oʻqitish qobiliyatlarini amaliy izlanish orqali
oshirishlari mumkin. Bu oʻz ichiga muammoni aniqlash (masalan, kam undov va
muvaffaqiyat), alternativ usullarni oʻrganish (masalan, adabiyot oʻqish), yangi
usullar ijrosini ta’minlamoq, natijalarni kuzatish (masalan, talabalarning harakati
va test natijalari) va kuzatishlarga asoslangan tarzda strategiyalarni
oʻzgartirishda davom etishni oladi.
Soʻnggi 20 yil ichida talabalar oʻrganishini
baholashning eng yaxshi
amallari keskin oʻzgarishlarni boshdan kechirdi. Rouzmeri 1970-yillarda
matematika oʻqituvchisi boʻlganida, u talabalar bilimini baholamasdi, u oldingi
hafta davomida oʻrgatgan matematik bilimlari va mahoratlari boʻyicha test
olardi. Testlar formati boʻyicha biroz farq qilardi va talabalar testni qogʻoz va
qalam yordamida individual tarzda bajarishardi. Koʻplab oʻqituvchilar, shu
jumladan, matematika oʻqituvchilari ham, hozirda oʻz talabalari nimalarni
oʻrganganliklarini aniqlash uchun turli-tuman metodflardan foydalanishadi va
shu baholash ma’lumotlarini ularning koʻrsatmalarini oʻzgartirishda ishlatishadi.
Ushbu boʻlimda asosiy e’tibor talabalar bilimini oshirishda sinfxona baholash
tizimlaridan foydalanishga qaratiladi va biz bir nechta asosiy konsepsiyalardan
boshlaymiz.