Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Kasbiy tanlov xulosasi va uning ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
3.2.2. Kasbiy tanlov xulosasi va uning ahamiyati 
Kasbiy faoliyatning pedagogik jihatlari .
Bundan koʻzlangan maqsad 
shundaki, biz koʻrib chiqayotgan mavzuni, ya’ni shaxsning kasb tanlashi, kasbiy 
shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq yoritish orqali shaxsni 
aynan kasbiy oʻz oʻzini aniqlash jarayonini bosqichma bosqich koʻrib 
chiqishimiz zarur boʻladi. Shunday qilib, kasbiy oʻz oʻzini aniqlash beshta 
bosqichni oʻz ichiga qamrab oladi: 1. Kasbni ilk tanlash bosqichi. Bu bosqichda 
bola kasblar olami haqida yetarlicha tasavvurga ega boʻladi, oʻz ichki 
imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali sust darajada boʻladi. 
Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli boʻlib, unda kasbning mazmuni va 
ish sharoitlari haqida bolada savollar tugʻilmaydi. 2. Kasbiy jihatdan oʻz-oʻzini 
aniqlash bosqichi katta maktab yoshiga toʻgʻri keladi (15-17 yoshlar). Bu 
bosqichda ilk professional intilishlar paydo boʻladi va rivojlanadi hamda 
mehnatning turli xil sohalari ichidan oʻziga ma’qulini tanlash jarayoni 
kuzatiladi. 3. Kasbiy ta’lim bosqichida tanlangan kasbni oʻzlashtirish jarayoni 
sodir boʻladi. 4.Kasbiy moslashish bosqichi kasbiy faoliyatning individual 
uslubining paydo boʻlishi hamda kishining ishlab chiqarish va ijtimoiy 
1
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. – 75-bet. 


166 
munosabatlar tizimiga bogʻlanishi bilan xarakterlanadi. 5. Mehnatda oʻzini 
koʻrsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli boʻlgan 
talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bogʻliq holda 
kechadi. Shunday qilib, kasbiy jihatdan oʻz oʻzini aniqlash - shaxs kasbiy 
faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni kasbiy intilishning paydo boʻlishidan tortib 
to mehnat faoliyatidan butunlay ozod boʻlgungacha boʻlgan davrlarni oʻzida 
mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki, u insonning butun hayot 
yoʻlini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri 
kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. Toʻgʻri tanlangan kasb, bir 
tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti 
hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi kasb egasining 
samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin