178
Tarafkashlikning yoʻqligi
Tarafkashlik baholashni amalga oshirayotganda
talabaning shaxsiy
xarakteristikasi (masalan, jinsi, irqi yoki ijtimoiy kelib chiqishi) tufayli uning
mehnatini buzib koʻrsatish orqali paydo boʻladi (Popham, 2005). Ikkita
tarafkashlik baholash turi muhimdir: qoʻpollik va adolatsiz jazolash.
Baholash
tizimi qoʻpol boʻlishiga sabab koʻpincha testda salbiy stereotiplar borligidir.
Misol uchun, sogʻlik darsining baholash tizimida barcha doktorlar erkak va
barcha hamshiralar ayol deya tariflangan boʻlishi mumkin. Yoki ijtimoiy
bilimlar sinfida Latinolar va Osiyoliklar tugʻma
Amerikalik emas, balki
imigrantlar deb aytilishi mumkin. Ushbu misollarda ba’zi ayollar, Latinolar va
Osiyoliklar stereotiplardan tahqirlanishlari mumkin va testda yaxshi ishlay
olmasliklari mumkin.
Adolatsiz jazolash mavzular bir
guruhni haqorat qilganida emas, balki,
turlicha tajriba tufayli boʻlishi mumkin. Misol uchun, qaysidir sport bilimini
baholovchi matematik mavzu guruhlarni oʻsha
sport turidan behabar deya
baholashi mumkin (masalan, imigrantlar uchun Amerika futboli). Yoki bir
guruhga oʻz jamoalarining konsepsiyasiga simfonik orkestr yordamida modul
yaratish buyurilsa, bu ish oldin orkestr ijrolariga
qatnagan talabalar uchun
osonroq kechishi mumkin – ehtimol, serob oilalardan chiqqan talabalarda.
Adolatsiz jazolashlar faqatgina talabalar darsda yomon qatnashganida sodir
boʻlmaydi. Masalan, fizikaviy ta’lim darsida qaysidir sport haqida muhokama
qilib, keyin u haqda savol berish adolatsiz
jazolash hisoblanmaydi, chunki bu
savol sinfda oʻrgatiladigan bilimdan tashqari narsani qamramaydi.
Koʻp irqli sinfxonalarda ilk bora dars berayotgan oʻqituvchilar uchun
murakkablik paydo boʻlishi mumkin, chunki ular guruh a’zolarini noqulay holga
solmaydigan baholash tizimlarini yaratishlari kerak. Oʻqituvchilar talabalarning
turli
kelib chiqishlari kuchli ta;sir qilishini jiddiy oʻylab koʻrishlari kerak.
Talabalar nima deyishini diqqat bilan tinglash va ularning kelib chiqish bilimlari
haqida oʻrganish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: