Oʻzbеkistоn rеspublikasi оliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti qoʻlyozma huquqida Jumaniyozova Zebiniso Xushnud qizi


Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi



Yüklə 61,43 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü61,43 Kb.
#208636
1   2   3   4
Jumaniyozova Zebiniso dissertatsiya mundarija (1)

Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Ushbu magisterlik dissertatsiya ishida O‘zbek tilidagi matnlardan sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlariga tegishli so‘zlarni aniqlovchi algoritm uchun ma’lumotlar bazasini yaratish dasturiy ta’minotini yaratish va uni ishlatish bayon qilingan.


I BOB. SIFAT, RAVISH VA YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARINI ANIQLASH MASALASI
I.1-§. O’zbek tilida kompyuter lingvistikasining ahamiyati
Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQShda shakllandi. Mazkur fan XX asrning o`rtalarida paydo bo`lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib chiqqan. Tabiiy tillar grammatikasi formal modeli kompyuterda tarjima qilish, tillarga o`rgatish, bilimlarni diagnostika qilish, matnlarni tahrir etish kabi amaliy dasturlarni ishlab chiqishga asos bo`lgani holda kompyuter lingvistikasi yo`nalishiga zamin yaratdi.2
Dunyo miqyosida kechayotgan glaballashuv jarayonida o’zbek tilini rivojlantirish va dunyo tillari qatoriga qo’shish masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Hozirda o’zbek tilining rivoji aynan kompyuter lingvistikasi bilan bog‘liq.
Mazkur mas'uliyatli ishni amalga oshirishda axborot texnologiyalariga, xususan, kompyuter lingvistikasiga bo‘lgan ehtiyoj yana ham ortib bormoqda. Chunki aynan kompyuter lingvistikasi o‘zbek tilining jahon miqyosiga olib chiqilishi, o‘zbek tilining ham dunyoviy tillardan biriga aylanishi, uni o‘rganish va o‘rgatish ishlarining rivojlanishi uchun zarur imkoniyat yaratadi.
Kompyuter lingvistikasi fani yangi soha bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar, qisqa vaqt ichida, turli yo‘nalishlari vujudga keldi. Tabiiy tillar negizida mashina tili yaratish, foydalanuvchining talab va ehtiyojlari kengayishi ushbu yo‘nalishlarni ko‘paytirdi. Kompyuter lingvistikasi fanining yo‘nalishlari shartli ravishda quyidagicha guruhlanadi.3:

  1. Qoliplash va dasturlash ishlariga qaratilgan yo‘nalishlar:

 muloqotni kompyuter yordamida qoliplash;
 syujet strukturasini kompyuter yordamida qoliplash;
 matnni katta hajmdagi matn (gipreteks) darajasida tasavvur etish;
 axborot-izlanish sistemasi.

  1. Til o‘rgatishga qaratilgan yo‘nalishlar:

 til o‘rgatish jarayonlarini kompyuterlashtirish;
 mashina tarjimasi.

  1. Matnni tahlillashga qaratilgan yo‘nalishlar:

 avtomatik tahrirlash;
 statistik tadqiqotlar;
 kompyuter leksikogarfiyasi.

1 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. 176 б.

2 Po’latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 37-38-bet

3 Ўринбоев Д.Б. Компьютер лингвистикаси (Маърузалар матни). Самарқанд–2009, 5-бет

Yüklə 61,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin