Qadimiy marshrutlar insoniyatning to buyuk geografik kashfiyotlargacha
bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan o‗rganiladigan
joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida qadimiy
ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko‗chib yurishlarining izlari ham hozir topilgan,
isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firaoni Nexao topshirig‗i bo‗yicha
Afrikaning dengiz qirg‗oq chiziqlari bo‗ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohati
hisoblanadi.
Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda Qizil dengizdan
Hind okeaniga chiqishdi, 3 yildan so‗ng Gibraltar bo‗g‗ozidan o‗tib O‗rta yer
dengizi orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‗plab qayd
qilingan. Nexao topshirig‗i bo‗yicha finikiyaliklar sayohatini keltirganimizning
bosh sababi shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit‘a nomlandi:
1.
«Asy», «Azu» - kunchiqar – keyinchalik Osiyo nomi
2.
«Ereb» - kun botar – keyinchalik Yevropa nomi.
Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo‗lishimiz
mumkin:
1.
Dengiz – suv yo‗li marshrutlari.
2.
Quriqlikdagi marshrutlar.
Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar: Fernando Magellanning yer
shari bo‗ylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsen, shimoliy va janubiy
qutblarga sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani
bo‗ylab sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati,
Mikluxo Maklay sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar bo‗ylab
sayohat marshrutlari.
Quruqlikda o‗tgan eng katta marshrutlardan biri «Buyuk ipak yo‗li»
marshruti hisoblanadi. Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo‗l ham
jahondagi eng katta marshrutdir.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlarga 1490–1504- yillardagi
Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David
187
Livingiston, Afanasiy Nikitin, A.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa
sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi.