O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Turizm marshrutlarini tayyorlash usullari va tasnifi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə117/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Turizm marshrutlarini tayyorlash usullari va tasnifi 
Yangi zamonaviy marshrutlar
Yevropada va Amerikada dastlabki
avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar, bug‗ bilan suzadigan kemalar ixtiro
qilingan XVII–XVIII asrlarga to‗g‗ri keladi.
O‘zgartirilgan marshrutlarni
inson o‗zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan
geografik relf shakllari o‗zgarganidan keyin o‗zgartiradi. Albatta, yangi yo‗l
oldingisiga (eskisiga) qaraganda o‗zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun
ko‗plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. O‗zgartirilgan
marshrutlar ko‗pincha davlatlar o‗rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me‘yorlarning
buzilishidan kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi
shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‗liq bo‗ladi.
Sanoat ob‘ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat
qo‗riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko‗pincha yangi marshrutlarning kelib
chiqishiga sabab bo‗ladi.
O‘zgarmaydigan marshrutlar
– barcha yo‗llar Rimga olib boradi shiorida
bo‗ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn
etilgan joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‗liq
bo‗ladi. Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy,
toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand,
Xiva, Vatikan kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‗orlar,
buloqlar, tog‗larga boriladigan marshrutlar o‗zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar
o‗rtasidagi temir yo‗l, havo yo‗li, avtomobil yo‗llari marshrutlari ham deyarli
o‗zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» bo‗ylab o‗tgan marshrut ham bu devor to
yo‗qolib ketguncha harakatda bo‗ladi, o‗zgarmaydi.
Tiklanadigan marshrutlar
.
Bunday marshrutlar asosan qadimiy marshrutlar
bo‗lib asrlar o‗tishi va ilmiy-texnika taraqqiyoti, marshrutda transport turlarining
o‗zgarishi tufayli dastlabki ahamiyatini yo‗qotgan marshrutlar hisoblanadi.
Masalan: Eramizdan oldingi II-III asrlarda mashhur bo‗lgan, asosan tuya



188


karvonlari bilan harakatlanadigan «Buyuk ipak yo‗li» marshrutini tiklash uchun
xalqaro harakatlar boshlandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995-yil 2-iyunda
«Buyuk ipak yo‗li»ni qayta tiklashda O‗zbekiston Respublikasi ishtirokini avj
oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar
to‗g‗risida» Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon asosida «Buyuk ipak yo‗li» marshrutini tiklash masalasi
qadimiy yo‗l marshruti aniqlanib, zamonaviy avtomagistral yoki zamonaviy temir
yo‗l transporti tarmoqlariga aylanishi ham ko‗rib chiqildi. Shu bilan birga tuya
karvonlari marshrutini ekzotik turizmni rivojlantirish uchun qisqa masofalarda ham
tashkil qilish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin