272
turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish.
Turizm siyosatining asosiy yo‗nalishlari sayohatchilar xuquqlarini himoya
qilish, mahalliy turizm mahsulotini ishlab chiqaruvchilarni hamda ichki va
kiruvchi turizmni har tamonlama qo‗llab-quvvatlash bo‗lib hisoblanadi. Bunday
qo‗llab-quvvatlash
shakllari
turizm
infratuzilmasini
shakllantirish,
yo‗naltiriladigan investitsiyalar, kadrlarni tayyorlashga sarflanadigan harajatlar,
investitsiyalar oqimini rag‗batlantiruvchi, jahon bozorida milliy turizm mahsulotini
siljituvchi, ilmiy va reklama-axborot ta‘minoti ko‗rinishidan
to soliq va bojxona
imtiyozlarigacha, ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishga ketgan harajatlarga
bog‗liq ravishda o‗zgarib turadi.
Davlatning turizm siyosati strategiya va taktikaga asoslanadi. Strategiya
deganda qo‗yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanish usuli va
umumiy yo‗nalishlar tushuniladi. U qabul qilingan strategiyani inkor qilmaydigan,
qolgan barcha variantlarni chetga surib, oldinga qo‗yilgan vazifani yechish
yo‗lidagi xatti-harakatlarni bir joyga to‗plashga imkon beradi.
Mehmondo‘stlik boshqaruvi nima? Ko‘pchilik odamlar mehmondo‘stlik
sanoati deganda odatda mehmonxonalar va restoranlarni tushunishadi. Lekin,
mehmondo‘stlik so‘zining haqiqiy manosi anchayin kengroq doiradadir.
Oxford
English Dictionary lug‘atiga ko‘ra mehmondo‘stlikning ma‘nosi mehmonlar,
tashrif buyuruvchilar yoki turistlarga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish degan
ma‘nolarni anglatadi. Mehmondo‘stlik so‘zi hospice so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
sayohatchilar va ziyoratchlarning o‘rta asrlarga xos uylarda tunab qolishi va dam
olishi degan ma‘nolarni anglatadi. Hospice - so‘zi gospital (hospital) so‘ziga
aloqador bo‘lib, u shuningdek hozirgi kasalxonaning dastlabki turi sifatida ham
nazarda tutilgan.
50
Mehmondo‘stlik nafaqat mehmonxonalar va restoranlar balki o‘z uylaridan
uzoqda bo‘lgan odamlar uchun boshpona, ovqat taklif
qiladigan muassasalarning
bir turi deb ham takidlanadi. Biz shuningdek bu tafsiflarni kengaytirishimiz ham
50
Wan Chai. Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012.
273
mumkin, ko‘pchilik mehmonlar bunday muassasalar ko‘plab boshqa turdagi
xizmatlarni ham taminlashini xohlashadi masalan: klublar, kazinolar, sohilda dam
olish va boshqa ko‘ngil ochish xizmatlari. Bu xizmatlar keyingi boblarda kengroq
muhokama qilinadi.
Mehmonxona sanoatida turli xil ish faoliyatlarda yuzaga keladigan
muammolar: memmonxona nomerlari va ovqat taminotining boshqaruv
muammolari bular o‘z ichiga bino va inshoatlarni saqlash, isitish tizimi, yoritish va
quvvat bilan taminlash,
tozalash, bino va inshoatlarni barpo etish, ishchi
xizmatchilarni nazarat qilish, ovqatlarni tayyorlash va ularni mehmonlarga taqdim
etish orqali mehmonlarning xursand qilish kabilardir. Biz qachonki
mehmonxonaga tunab qolganimizda yoki restoranda ovqatlanganimizda u yerda
bizga yuqori darajada xizmat qilishlarini kutamiz.
Endi bizning e‘tiborimizni qaratayotgan narsa mehondo‘stlik sanoatida
xizmatlar va qulayliklarni tashkil etish bilan birgalikda
xodimlar va ularni
boshqarishdir, keling mehondo‘stlik sanoatida xizmatlar ko‘rsatish kasblari haqida
to‘xtalsak. Mehmondo‘stlik kasblari insoniyat kasblari orasida eng qadimgisi
hisoblanadi va ularning vazifalari mehmonlar, mijozlar va resident aholini xush
kayfiyat va qulayliklar bilan kutib olishni o‘z ichiga oladi. Odamlar
mehmonxonalarda ishlashiga eng muhim sabab odamlar mehmonxonalarni bir
sanoat sifatida bu sohada ishlashga qiziqishadi.
Bugungi kunda menejerlar va
rahbarlar, shuningdek malakali kadrlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlanish
uchun mehmondo‘stlik sanoatining bir qismidan boshqa bir qismiga o‘tish
imkoniyatlari bilan taminlangan. Misol uchun, mehmonxona sohasi bo‘yicha
o‘qishni yugatgan talaba o‘z ishini restoran bo‘limida boshqaruvni o‘rganish bilan
ishni boshlasa, qisqacha muhim amaliyotni to‘liq tugatib mehmonxonada
yordamchi menejer bo‘lib ishini davom ettiradi. Keyingi ish joyi bo‘yicha taklif
―ARAMARK‖ga o‘xshagan mehmonxonalar korparatsiyasidan kelishi mumkin.
Masalan ―ARAMARK‖ oziq ovqat xizmati faoliyatni bilan nafaqat biznesni balki
bir necha sohalar
masalan rekreatsion markazlar, sport stadionlari, ko‘llej va
universitet ko‘mpuslari, sog‘liqni saqlash sohalari va oliy darajadagi restoranlarni
274
ham taminlaydi. Mehmonxona biznesida ―Holiday Inns‖ mehmonxonalar
korparatsiyasi faoliyati ham yuqoridagi kabi bo‘lib u Qo‘shma Shtatlarda eng
katta oziq ovqat xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: