275
kafolatlarini soliq va bojxona imtiyozlarini va davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlashni boshqa usullarini taqdim etish yo‗li bilan xalqaro va ichki turizm
bozorini himoya qilish;
turizm faoliyatini litsenziyalash (ruxsatnoma berish) va sertifikatlashning
qat‘iy tizimini yuritish;
tarmoqning moddiy texnika bazasini rivojlantirish va turizm xizma-tining
yuqori texnologiyali majmuasini shakllantirish maqsadida turizm, bank tuzilmalari,
transport, mehmonxona va sug‗urta kompaniyalari
kooperatsiyasi uchun qulay
sharoitlarni yaratish.
Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari
bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
fuqarolarning dam olish, sayohatga chiqqanda harakatlanish erkinligi va
boshqa huquqlarini ta‘minlash;
tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish;
turistlarni sog‗lomlashtirish, tarbiyalash va ta‘lim berishga yo‗naltirilgan
faoliyatlar uchun shart-sharoitlarni yaratish;
fuqarolarning sayohatdagi ehtiyojlarini ta‘minlovchi turizm industriyasini
rivojlantirish, yangi ish o‗rinlarini
yaratish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish,
turizmga doir ob‘ektlarni saqlab qolish, tabiiy va madaniy merosimizdan oqilona
foydalanish.
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor yo‗nalishlari
bo‗lib, ichki, kiruvchi, ijtimoiy va tashabbuskor turizm turlarini qo‗llab-quvvatlash
va rivojlantirish hisoblanadi. Turizmni davlat tomonidan
boshqarishning asosiy
funsiyalari va usullari quyidagi 19.1-jadvalda ko‗rsatilgan:
19.1-jadval
Dostları ilə paylaş: