Turizmni davlat tomonidan boshqarishning funksiyalari va usullari.
270
kodekslari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator
Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya Vazirligining va
boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‗riqnoma, ko‗rsatma
va tartiblari ishlab
chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda.
Davlatning turizm sohasidagi siyosati davlat
ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‗rinishlaridan biri hisoblanadi.
Davlatning turizm sohasidagi siyosati
– bu turizm industriyasini va turizm
bozori sub‘ektlarini (turoperatorlar va turagentlar) rivojlantirish,
fuqarolarga
turizm xizmat ko‗rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‗yicha davlat faoliyatidan
iborat.
Turizm siyosati O‗zbekiston Respubikasining
barcha hududida amalga
oshiriladi, avvalambor mintaqa alohida sub‘ektlar darajasida, undagi mavjud
bo‗lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‗rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf etish
maqsadida amalga oshiriladi. Davlatning turizm siyosati xalq xo‗jalik majmuasini
rivojlantirish va aniq maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat
ta‘sirining shakllari, usullari va ta‘sir qilish yo‗nalishlarining yig‗indisidan iborat.
Turizmni rivojlantirishda boshqarish strategik tizimi samaradorligini
oshirishga muayyan choralar majmuasining ishlatilishini qo‗llash orqali erishish
mumkin. Hozirgi paytda respublikada 20 dan ortiq
mahalliy va respublika
darajasida turizmni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda va yirik loyihalar
yaratilmoqda.