330
ekskursiyalar davomiyliligi;
axborot hajmi;
ekskursiyani ijtimoiy o‗rganish natijalari.
Turistik-ekskursion sohada xizmat ko‗rsatishni standartlashtirishning asosiy
maqsadi sifat darajasini ko‗tarishda normativ texnik ta‘minlashdir. Shuningdek,
turistik samaradorlik, ekskursion xizmat ko‗rsatish va xizmatlardan foydalanuvchi
iste‘molchilar manfaatini himoyalash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
-
xizmatlar va turistlarga xizmat ko‗rsatish sifat ko‗rsatkichlari
nomenklaturasini belgilash;
-
xizmatlar turistlarga xizmat ko‗rsatish va ularning nazorat usuli sifatiga
o‗sib borayotgan talablarni belgilash;
-
xizmatlar xavfsizligi, aholi sog‗ligini qo‗riqlash, atrof-muhit himoyasi,
ijroning aniq va o‗z vaqtida bo‗lishi, xizmat ko‗rsatishning estetikligini
ta‘minlovchi talablarini o‗rnatish;
-
turistik xizmatlar sertifikatsiyasiga bo‗lgan talablarni belgilash;
-
turistik korxonalar faoliyati boshqa turistik ekskursion xizmat
ko‗rsatishda qatnashuvchi korxonalar bog‗liqligini ta‘minlash;
-
standartlashtirish sohasida terminlar va asosiy tushunchalarni aniqlashni
va aholiga turistik-ekskursion xizmat ko‗satish sifatini boshqarishni belgilash.
Aholiga turistik-ekskursion xizmat ko‗satishni standartlashtirish ob‘ektlariga
quyidagilar kiradi:
-
turistik xizmatlar;turistik-ekskursion xizmat ko‗satish jarayoni.
O‗zdavlatstandart «O‗zbekturizm» MK bilan hamkorlikda xavfsizlikni, aholi
sog‗lig‗i va hayotini, atrof-muhit himoyasi ijrosining aniq va o‗z vaqtida bo‗lishini,
majburiy-umumiy talablarni shuningdek, xizmat ko‗rsatish turlariga tavsiya
etuvchi talablarni o‗rganadi. Ularning rasmiy qarashligidan qat‘iy nazar, barcha
turistik-ekskursion xizmat ko‗satish korxonalari va tashkilotlari tomonidan amal
qilinishi kerak.
331
Shuningdek, aholiga turistik-ekskursion xizmat ko‗satish faoliyati bilan
shug‗ullanuvchi kooperativ, qo‗shma korxonalar va fuqarolarga ham tegishlidir.
20.3-jadval
Dostları ilə paylaş: