Xizmatlarni to‗laligicha loyihalashtirish.
328
Bu yerda aholining ehtiyojlari va to‗lovga qodir talablarini o‗rganish asosida
tuzilgan xizmatlarning qisqa bayonini kiritish qabul qilingan. Masalan,
Toshkent
aholisining Toshkent viloyati Chimyon - Bildirsoy rekreatsion hududidagi turistik
sayohatlar turi, shakllari va imkoniyatlari. Xizmat ko‗rsatish dasturini ishlab
chiqish quyidagilarni aniqlashni o‗z ichiga oladi:
marshrutni aniqlash, ya‘ni kilometrdagi masofa (5, 10, 20 km va h.k.) va
qanday joydaligini (past – baland, tog‗li, suvli, o‗rmonli va h.k.);
turistik korxonalar ro‗yxatini - xizmatlar ijro etuvchi (mehmonxonalar,
transport tashkiloti, restoran, ekskursiya byurosi, ijara punkti);
har bir xizmat ko‗rsatuvchi tomonidan turni taqdim etish vaqti (ish vaqti,
mavsum);
ekskursiya tarkibi va diqqatga sazovor ob‘ektlar (ya‘ni guruhning
ixtisoslashuvi va ornitologik, tarixiy,
ekologik, yo‗lda uchraydigan tabiiy va
tarixiy joylar);
turistik safar va sayohatlar ro‗yxati (muhitga to‗g‗ri keladigan yuklamani
hisobga olgan holda mavsumda qancha sayohat uyushtirish mumkinligi);
bo‗sh vaqtda o‗tkaziladigan tadbirlar majmuasi(diskoteka, o‗yin zallari va
boshqalar);
har bir marshrut punktida turish davomiyligi (ya‘ni, turistlar necha soat/ kun
dam olish joylarida to‗xtaydilar);
sayohatda qatnashayotgan turistlar soni (aniqlangan guruhlar hajmi);
marshrut ichidagi tashishlar uchun transport turlari (mashina, vertolyot,
otlar, velosiped);
turizm bo‗yicha instruktor-metodist ekskursavodlar, gid-tarjimonlar, boshqa
xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarga va ularni qo‗shimcha tayyorlashga bo‗lgan talab;
reklama, informatsion va kartografik materiallar shakllari va tayyorlanishi,
turistik putyovkadagi informatsion varaqalar uchun sayohat bayoni.
Dostları ilə paylaş: