329
turistik sayohatning texnologik haritasi;
turistik korxonaning grafik yuklamasi;
iste‘molchiga taqdim etiluvchi turistik putyovkaga axborot varaqa;
«turistik safar» xizmat loyihasi;
turistik safar joyi va marshrutining ekspeditsion tekshiruvini o‗tkazish;
turistik manzillar va turistik safar trassasidagi turar joylarni joylashtirish va
jihozlash loyihasini tayyorlash;
zaruriy miqdordagi turistik inventar asboblar va transport vositalarining
hisobi;
turizm bo‗yicha instruktor-metodistlar, boshqa xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlar va ularni tayyorlashni tashkillashtirishga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash;
reklama-axborot materiallarini safar trassasi bayoni bilan tayyorlash;
xavfsizlik bo‗yicha xizmat choralarini aniqlash.
Safar trassasini ishlab chiqish, qulay tabiiy sharoitli hududlar bo‗yicha amalga
oshirilishi kerak. Bu hududlar amaldagi normativ hujjatlarda belgilangan ekologik
va sanitar – gigiyenik talablarga mos kelishi zarur, shuningdek, aniq turdagi turizm
rivojlanishining real imkoniyatlari hisobga olinadi.
Turistik marshrutini
ekspeditsion tekshirishini o‗tkazish haqidagi hisoboti
va trassadagi xizmat
ko‗rsatish bo‗yicha berilgan turistlar istaklarini ijtimoiy o‗rganish bo‗yicha
materiallar loyihalashtirishning hujjatli asosi hisoblanadi.
Natijalar bo‘yicha turistik safar trassasi pasporti ishlab chiqiladi va ular
quyidagilarga muvofiq kelishi kerak:
sanitar – epidemiologik xizmat organlariga, transport vositalari
harakatini nazorat etuvchi boshqa tashkilotlar (avtoinspeksiya, suv inspeksiyasi va
h.k.);
turistik safar trassasi o‗tadigan yer-suv mulklari boshqarmasi organlari.
Dostları ilə paylaş: