qurg‘ur, yigit qurg‘ur, mosh qurg‘ur, to‘ti qurmagur, choying qurg‘ur, qurg‘ur //
qurmagur so‘zi birikma tarkibida qo‘llanib norozilik ma’nosini hosil etadi: bundan
tashqari, mosh qurg‘ur, bilmadim, qaysi toshloqda bitgan ekanki. Hadeganda
ochila bermadi. (176). Tun-telpakni pushtaga qo‘yib, sabzi kovlashga tushib
ketdik. Sabzisi qurg‘ur juda ham bitgan ekan, eng kichkinasi qayroq toshday (212).
Ma’lumki, o‘zbek xalqida qarindosh bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham
qarindoshlikni ifodalovchi so‘zlar bilan murojaat etiladi. Shoir asarlari tilida
kampir, uka so‘zlarining bir qancha ma’nolarda qo‘llanganligini kuzatamiz.
Masalan: uka so‘zi o‘zbek tilida bir ota-ona o‘g‘illaridan kichigi (katta yoshdagi
farzandlarga nisbatan) hamda o‘zidan yosh er kishiga murojaat ma’nosini
anglatadi:
Akam-ku orqavoratdan: «Bo‘ldi, - deyar emish, -men bilan bordi-keldi
qilmasin. Unaqa ukam yo‘q», deb yurgan emish («Yodgor» 14). -Ey, uka, -dedi
pochcham, -endi bizlarning vaqtimiz o‘tib qoldi. («Yodgor» 37).
G‘afur G‘ulom asari tilida bu so‘z davr tili ruhini aks ettirish maqsadida ham
qo‘llangan. Chunki asar yaratilgan davr tilida uka so‘zi singilga nisbatan ham
ishlatilib, jonli xalq tilida jins jihatidan farqlanmagan. Masalan: O‘ninchi kunlarga
borganda yig‘lib yotgan bolani ko‘rib, ukalarimni koyiyotganligini eshitib qoldim:
-«Hoy, Qumri, axir ukangga qarasang-chi, ichagi uzilib ketdi-ku! Nonimni
yopib olgunimcha ovutib turgin. Men hozir borib olaman».
Yoinki: «Abdug‘ani, tura qol, oppoq o‘g‘lim, vaqtliroq borib, ukangning
sutini olib kelib bermasang, kun qizib ketsa, olib kelguningcha aynib qoladi»,
deyar edi («Yodgor» 28).
Mazkur matnga bog‘lanib Jo‘raning ukalari Qumri, Abdug‘ani ekanligini bilib
olamiz. Chunki asarda qo‘llangan kampir tilidagi: «…bu kun ham ukalaringning
kiri chala qoladigan bo‘ldi-da» (9) gapi tarkibidagi uka so‘zi Qumri hamda
Abdug‘anilarga nisbatan ishlatilganini ko‘ramiz. SHuningdek, G‘afur G‘ulom
mazkur so‘zni erning xotinga murojaatida qo‘llaganda ham, uning (xotinning)
o‘ziga nisbatan yoshi kichik ekanligini e’tiborga olgan:
O‘rtog‘im mening tinchlanganimni ko‘rib, xotinini qistay boshladi:
-Mehrixon. Hoy Mehrixon! Uka, kel, qo‘y endi, sog‘-salomat bo‘lsa o‘ynab-
kulib katta bo‘lib qolgandir, o‘lib ketgan bo‘lsa, ayb eski turmushning kishilarga
kafan bichishida. Mana bu o‘rtog‘im doktor -o‘zimizning hamshahar. («Yodgor»
47).
«Yodgor» asarida qarindoshlikni ifodalovchi buvi, oppoq oyi, dada, amma,
xola, pochcha, opa, aka, egachi-singil kabi so‘zlar ham qo‘llangan. Bulardan
amma so‘zi Jo‘raning nutqida o‘z ma’nosida, xola so‘zi esa Saodatning nutqida o‘z
ma’nosida qo‘llanmagan. Chunki Saodatning onasi Jo‘raga amma, otasi pochcha;
Jo‘ra bilan Saodatning onasi opa-singil bo‘lmasa-da, Jo‘raning onasiga Saodat xola
deb murojaat etadi. -Saodat bolaginam ham vafolikkina qiz: ikki kunning birida,
«xola-xola» deb holimdan xabar olib turadi («Yodgor» 30).
Shoir asarlari tilidagi personajlar nutqida ham qarindosh bo‘lmagan
shaxslarga murojaatda qarindoshlikni ifodalovchi so‘zlardan foydalanilgan.
G‘afur G‘ulom asarlari tilida hurmatni ifodalovchi o‘rtoq, o‘rtoq doktor,
birodar, og‘ayni, taqsir kabi emotsional so‘zlar erkaklarga murojaatda qo‘llanadi.
Erkalovchi-emotsional leksika uch guruhga ajratiladi:
1. Qarindoshlik munosabatini ifodalagan so‘zlarning erkalash, kichraytirish
hamda egalik affikslari bilan qo‘llanishi keng kuzatiladi. Masalan: -Ninni,
ninnigina, nevaraginamdan o‘rgilay, yig‘lamasin, yig‘lamasin. Mana hozir
buvingiz qo‘lini artadi, do‘ndiqqinam, o‘zim bag‘riginamga bosaman! («Yodgor».
9). Mazkur matnda kampir (Jo‘raning onasi)ning nutqidagi nevaraginam so‘zida
erkalash shakli (-gina) hamda «egalik affiksi (-m) hissiy munosabatni ifodalab,
hissiy ta’sirchanlikni oshiradi».
G‘afur G‘ulom «Yodgor» asarida erkalovchi-emotsional so‘zlarni uslubiy
vosita sifatida shu darajada qo‘llaydiki, hatto onasi noma’lum bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: |