«nevarasi»ga mehri tushmasdanoq, uning bolajon ayol ekanligini ko‘rsatish
maqsadida erkalash shakli va egalik affiksini o‘rinli qo‘llagan:
-Bolaginamning tagi ham bo‘kib ketibdi («Yodgor» 13).
Asarda bunday shakllar ko‘p qo‘llangan: -Saodat bolaginam ham vafolikkina
qiz… («Yodgor» 30). «Voy, xolaginang o‘rgilsin, omon bo‘lsang, bir kun
yuvarsan», dedim-da, unamadim («Yodgor» 30).
2.G‘afur G‘ulom ijodida o‘zbek adabiy tilidagi qo‘li gul iborasi qo‘li gulgina
shaklida qo‘llangan: Baraka topgurning qo‘li gulgina («Yodgor» 30). -gina affiksi
ko‘chma ma’noli tuyoq so‘zi bilan ham qo‘llangan: Sendan qoladigan tuyoqqina
(«Yodgor» 14).
SHuningdek, G‘afur G‘ulom asarlarida salbiy munosabatni ifodalovchi gul,
tentak so‘zlarini -gina affiksi bilan qo‘llab, erkalash ma’nosini aks ettiradi: Men
laqalov, gulgina banda, laqqa uchdim («Yodgor» 7).
Tentakkinangiz savlatlikgina yigit bo‘lib qaytdi-ya, sallotlikdan («Yodgor»
16).
-gina affiksi kinoya ma’nosini ham ifodalaydi: Ana shu yallachilikning
pulidan erginamiz Rahmat hoji bunchalik errayim bo‘lib yuribdi («Shum bola»
250).
Egalik affiksi kishi ismlariga ham qo‘shilib, yaqinlik ma’nosini anglatadi:
Yo‘q, bu -mening Saodatim! Vafoli Saodatim! («Yodgor» 41). Men Jo‘ra
akamlarga xat yozmoqchiman, gap-mapingiz bormi, qo‘shib yuboray, dedim
(«Yodgor» 25).
G‘afur G‘ulom hurmat hamda erkalash ma’nolarini ifodalash uchun –jon, -
xon, -boy affikslaridan ham foydalangan: Uyda senlar turib, men xizmat qilib
yuraymi? Jo‘ravoy bo‘lsa-o‘zimizniki («Yodgor» 27). –Otajon, musofirman, -
dedim («Shum bola» 171). -Mana shu yorug‘ yulduzning oti nima, otaxon?
(«Shum bola» 228).
Asarning bir o‘rnidagina YOdgor so‘zi erkalash affiksi -boy bilan qo‘llangan:
Menga hurmatdan kampir unga «Yodgorvoy, Yodgorvoy» deb ism qo‘ya boshladi
(«Yodgor» 14).
SHuningdek, asarda Mehri hamda Mehrixon antroponimi qo‘llanganki, uning
tarkibidagi -xon affiksi erkalash-hurmat ma’nosini ifodalaydi: -O‘rtog‘im so‘zini
bo‘lib, xotiniga qaradi: -Aytaveraymi, Mehrixon? («Yodgor» 45).
3.G‘afur G‘ulom asarlari tilida emotsional-bo‘yoqdor so‘z va so‘z
birikmalarining asosiy qismini erkalash leksikasi tashkil etadi. Ayniqsa, G‘afur
G‘ulom «Shum bola» qissasida bunday leksikadan mohirona foydalangan». Bular
quyidagilar: jonim, bo‘tam, aylanay, toylog‘im, qo‘zichoqlarim, chirg‘im,
oppoqqinam, o‘rgulay, bo‘yingdan girgatton, girgitton bo‘lay, oyimchaxon,
oyimposhsha, otang aylansin va b. Bunday erkalash so‘zlaridan ham yozuvchilar
turli uslubiy maqsadlarda foydalanadilar. Masalan: qo‘zichoq so‘zi ko‘chma
ma’noda 3-shaxs shaklida bolalarga nisbatan qo‘llanadi: Sen hafa bo‘lsang, men
hafa bo‘laman-da, qo‘zichog‘im (X.N). G‘afur G‘ulom esa bu so‘zni
mullabachalarga nisbatan qo‘llagan:
Xutbani tugatgach, xonaqohni to‘ldirib o‘tirgan mullabachalarga qarab bir
nutq irod qildi:
-Ko‘zichoqlarim, ey fuqaroning bolalari! («Netay». 30). Qani ayting,
ko‘zichoqlarim, bu bizday fuqarolarga marhamat emasmi edi? («Netay» 31).
SHoir ko‘chma ma’noli qarog‘im so‘zini faqat qozoq ayoli nutqida qo‘llagan:
-Uy -bay, qarag‘im, to‘g‘ri juk qalbiringdi ne qilayin («Shum bola». 148).
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashda istehzoli, kinoyali so‘zlarning ham
muhim o‘rni bor. Ayniqsa, «Shum bola» asarida qo‘llangan piching, kesatiqqa boy
bo‘lgan emotsional-ekspressiv leksika muallifning mohir so‘z ustasi ekanligidan
dalolat beradi. Masalan:
Eshonoyim eshakning bu harakatidan juda ham zavq bilan lazzatlanib, xuddi
eshakning bo‘ynidan quchoqlab olguday bo‘lib, unga xushomad qilar va shirin
so‘zlar bilan uni olqishlab, er va ko‘kda yo‘q sevinar edi:
-Voy, opaginang o‘rgulsin! Voy, quloqlaringning qimirlashiga o‘zginam
girgitton bo‘lay! Uni qarang, oyimchaxon, quloqlari biram chiroyli qimirlaydiki…
Voy, eshakjonga jonginamni qoqay! («Shum bola» 191).
G‘afur G‘ulom ijodida ijobiy munosabatni ifodalovchi opaginang o‘rgulsin,
quloqlari, o‘zginam girgitton bo‘lay, eshakjonga jonginamni qoqay kabi lug‘aviy
birliklarning eshakka nisbatan qo‘llanishi, shuningdek eshakni erkalatish
maqsadida unga -jon affiksini qo‘shib, undan uslubiy vosita sifatida
foydalanganini kuzatamiz.
O‘zbek adabiy tilida kuyov so‘zi qarindoshlikni ifodalab, qizning eri (qizning
ota-onasiga nisbatan) hamda endi uylanayotgan yoki yangi uylangan yigit (o‘z
qaylig‘iga, xotiniga nisbatan) ma’nolarini anglatadi. «Yodgor» asarida bu so‘z
mazax ma’nosida qo‘llangan. Chunki asar syujetidan ma’lumki, Jo‘ra uylanmasdan
«o‘g‘illi» bo‘lib qoladi: Avvalgiday, «Ha, kuyov, o‘g‘ilcha katta bo‘lib
yuribdimi?», deb mazax qilishmaydi (16).
Ma’lumki, ba’zi so‘zlar emotsional-ekspressivlikka ko‘ra neytral bo‘lib, faqat
matn qurshovidagina ekspressivlikka ega bo‘ladi:
-Yuragingiz dov bermayaptimi, yigitcha? Do‘ppi, kiyiksavlat, deng-chi,
bo‘lmasa?… («Yodgor».5).
Mazkur matnda yigit kishi aytgan va’dasida (so‘zida) turadi ma’nosi
anglashiladi.
Pushaymon ohangi bilan:
-Esiz, esiz yigitlik. Zap odamidan xolis xizmat so‘ragan ekanman-ku; bo‘ldi-
ey, esizgina sirlarim. Keling, hali ham bo‘lsa paranjini tunga ayirbosh qilamiz
birikmasi ham yigit emas ekansiz, ya’ni gapingizda turmayapsiz ma’nosiga ishora
etgan. Shuningdek, G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari tilidagi «quvnoq
xazillar insonning qiyin psixologik holatini yumshatadi va uni ruhiy zarbadan olib
chiqadi. Badiiy asarda muallif xazil so‘z va iboralarga ko‘proq murojaat etadi».
Asar tilida arzonqul kishi, devona sigir, tentak sigir, jinni sigir, sarkash ishtaha,
bedavo qorin, moshkichiripaz xotin, og‘ziga kelganini o‘tlasin, yo‘g‘on duo,
ovqatning xashakiroqligidan taajjublanmoq, zotdor qushlar, tagi ko‘rgan qushlar,
qashqa pashsha, nam tortib qolmoq (xijolat tortib qoladi), sog‘inib ichagimiz uzildi
va b. Ba’zi kesatik, pichinglar kitobxonning kulgusini qo‘zg‘atadi. Masalan: Eng
oxiri uzoq muntazirlik va azoblardan keyin xurmatli moshkichiri tayyor bo‘ldi
(176).
Men bechora moshkichirining azobini bekami-ko‘st tortganim holda
xo‘rsinardim (176). Lekin o‘zingiz o‘ylang, birovni tandirga qamab, ustiga o‘tirib
muzika chalsin, deb qaysi qonunda yozilgan ekan? (177).
G‘afur G‘ulomning so‘z ustasi ekanligi uning yangi, original ifodalarni
yaratishidadir. Masalan: Domla olomonning orasida qolib ketdi. Nima bo‘ldi,
bilmayman. Tirik bo‘lsa, biror go‘rdan chiqib qolar, o‘lgan bo‘lsa xudo rahmat
qilsin («Shum bola». 170). Og‘zim, jag‘im, tishim jodidek, istagan xashakni qirqib
chiqarishga yaraydi («Shum bola». 181). Bittang bu erda qol, bittang ota meros,
boshing toshdan bo‘lgur sigirim bor, shuni olib chiqib, ekindan bo‘shagan erning
uvatlarida etaklab yurib boqib kelasan, … («Shum bola». 214). Omon sigir go‘shti
tilga kelganligidan qo‘rqib ketib, qopni tashlab yubordi («Shum bola». 222).
Dostları ilə paylaş: |