LABORATORIYA ISHI №2
MAVZU: MINERAL O'G'ITLAR VA TUZLAMING NAMLIGINI ANIQLASH.
AMMONIY NITRATDAGI KOMPONENTLAR TAHLILI
1.1. Namlikni aniqlash
Ammoniy nitratdagi gigroskopik namlik miqdori uni ma’lum sharoitda quritilgandan so‘ng massaning kamayishi orqali aniqlanadi.
Ishning maqsadi: Gigroskopik namlik miqdorini aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar:
|
1.
|
Diametri 45 mm li balandligi 30 mm bo‘lgan byuks
|
2.
|
Quritish shkafi
|
3.
|
Texnik va analitik tarozilar
|
4.
|
SHisha silindr
|
|
5.
|
CHinni kosacha va chinni stakan tayyoqchasi bilan
|
|
6.
|
Ammoniy nitrat tuzi
|
|
7.
|
Eksikator
|
|
8.
|
CHinni tigel
|
Ishning bajaralishi
5 g atrofidagi ammoniy nitrat tuzi oldindan quritilgan va tortilgan byuksga joylanadi, byuksning qopqog‘i berkitiladi va 0,0001 g aniqlikda tortiladi. Namuna byuksning qopqog‘i ochib qo‘yilgan holatda 100OS haroratdagi quritish shkafiga joylashtiriladi, 1 soat mobaynida massa o‘zgarmay qolguncha qizdiriladi, so‘ngra ostida kalsiy xlorid yoki silikagel quritgichi bo‘lgan eksikatorda byuksning qopqog‘i yopib qo‘yilgan holatda sovutiladi va sovigach esa tortiladi.
Hisoblash. Namlik miqdori massa ulush (%) hisobida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
, %
bu erda: m1 – namunaning quritilgandan keyingi massasi, g;
m – boshlang‘ich tortib olingan ammoniy nitrat massasi, g.
1.2.Ammoniy nitrat tarkibidagi umumiy azot miqdorini aniqlash
Ishning maqsadi: ammoniy nitrat tarkibidagi umumiy azot miqdorini titrlash usuli bilan aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar:
|
1.
|
Ammoniy nitrat tuzi
|
2.
|
0,1n va 0,5n NaON eritmasi
|
3.
|
0,1n NaOH eritmasi bilan fenolftalein buyicha neytrallangan 25% formalin eritmasi
|
|
4.
|
Fenolftaleinning 0,1% spitrli eritmasi.
|
|
5.
|
Titrlash uchun byuretka
|
|
6.
|
Texnik va analitik tarozilar
|
|
7.
|
SHisha silindr
|
|
8.
|
200-250 ml sig‘imli konussimon kolba
|
|
9.
|
Filtr qog‘ozi
|
|
10.
|
Voronka
|
|
11.
|
100 ml hajmli o‘lchov kolbasi
|
|
12.
|
O‘lchov pipetkalari
|
Ishning bajaralishi
1,5 g NH4NO3 ni 0,0002 g aniqlikda tortib olinadi. Konussimon kolbada 20-25 ml suv bilan birgalikda eritiladi. Agar eritma tiniq bo‘lmasa, filtrlanadi. CHo‘kma bir necha marta suv bilan yuviladi va hosil bo‘lgan eritma oldingi filtratga qo‘shiladi. Eritmaning xajmi 100 ml gacha etkaziladi va 20-25 ml neytrallangan formalin eritmasi quyiladi, xamda 0,5n NaOH eritmasi bilan och pushti rangga kirguncha titrlanadi.
Hisoblash. Ammoniy nitrat tarkibidagi umumiy azot miqdorini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu erda: V - titrlashga sarflangan 0,5n li NaOH eritmasining hajmi, ml; K - 0,5 n li NaOH eritmasining tuzatish koeffitsenti; m - NH4NO3 namuNaClning massasi, g;
- NH4NO3 dagi namlik mikdori, %
Dostları ilə paylaş: |