Ishdan maqsad: Tajriba yordamida olingan mochevinani tarkibidagi namlikni aniqlash.
Kerakli qurilmalar, reaktivlar va eritmalar: byuks, texnik tarozi (toshlar), 1 N li natriy gidroksid, mochevina.
Nazariy qism Karbamid azotli o‘g‘itlar ichida eng ko‘p azot elementini tutib turi-shini aytib o‘tgan edik. Karbamidni ammoniyli selitradan bir qancha af-zalliklari mavjud. U portlashga xavfsiz, tuproqqa tushganda sekin eriy-di, gigroskopligi kamroq, yopishqoqligi uncha yuqori emas. SHuning uchun ham karbamidni donador holda idishsiz tashish mumkun. Karbamidni yopishqoq-ligini kamaytirish uchun donadorlashdan oldin suyuqlanmaga karbamido-formalpdegid smola (KFS) qo‘shiladi. Karbamidning gigroskoplik nuqtasi 200S haroratda 80% ga teng.
Karbamid ishlab chiqarishning ammiak va uglerod (IV) - oksididan olishning quyidagi jarayonlarga asoslangan texnologik tasvirlari mavjud:
- bir o‘tishli jarayon, bunda suyuqlanmadan ortiqcha ammiakni (NH3) ‘aydash va karbamatni (NH4COONH2) atmosfera bosimigacha parchalashdan iborat. Jarayon qizdirish orqali olib borilib, gaz fazasiga ajragan ammiakdan boshqa maqsadlarda ham foydalanilsa bo‘ladi (ammoniy nitrat, ammoniy sulpfat, ammoniy karbonat va boshqalar).
- bir qism ammiakni siklga qaytarish orqali boradigan jarayon, bunda 1,6 - 1,8 mPa bosimgacha parchalash orqali bir qism ortiqcha ammiak ‘aydaladi va kondensatlanib siklga qaytariladi. Ammiakni to‘liq ‘aydash va ammoniy karbamatni parchalash atmosfera bosimida olib boriladi, aj-ralgan ammiak boshqa ma’sulotlar olishda ishlatiladi.
- ammiak va uglerod (IV) - oksidini alo’ida qaytarishga asoslangan jarayon, bunda gaz fazadan bitta komponent ajratib olinadi, bu gaz faza atmosfera bosimida distillyasiya qilishda hosil bo‘ladi.
- suyuqlik retsikli, bunda ugleammoniy tuzlar eritmasi yoki sus-penziyasi jarayonga qaytariladi.
- stripping jarayoni, bunda ammiakni ‘aydash va karbamatni par-chalash ammiak yoki uglerod (IV) - oksidi oqimida, sintez bosimida olib boriladi.
- integral jarayoni, bunda ammiak va karbamid ishlab chiqarish tex-nologik tasvirlari birlashtirilgan bo‘ladi.
‘ozirgi paytda butun dunyoda karbamid ishlab chiqarishning asosan suyuqlik retsiklli usuli keng ishlatilmoqda. Birinchi bo‘lib suyuqlik retsikli texnologiyasi Miller tomonidan ishlab chiqilgan [A.Q.SH. patent № 1898093, 1933; № 2116881, 1934]. Bunda Miller, karbamid sintezini ortiqcha ammiakli sharoitda olib borishni taklif qilgan (molp nisbatda NH3 : SO2 = 7,5). Ammiakni katta qismi birinchi bosqich distillyasiyadan keyin jarayonga qaytariladi. Ikkinchi bosqich distillyasiyada ajralgan ammiak va uglerod (IV) - oksidi suvga yuttiriladi. Siklga ugleammoniy tuzlari ko‘rinishida qaytariladi [(NH2)SO·HNO3]. Keyinchalik bu jarayonga ko‘pgina yangiliklar kiritildi va uning effektivligi oshirildi.