(NH2)2CO = NH4OCN = HOCN + NH3
Sianit kislotasi karbamid bilan birikib biuret hosil bo‘ladi.
HOCN + (NH2)2CO = NH2CONHCONH2
Karbamid suvda, spirtada va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Karbamid ammiak bilan birikib ammiakat hosil qiladi (NH2)2CONH3.
Kislotalar bilan karbamid kuchsiz ishqorlar hosil qiladi: nitrat (NH2)2COHNO3 suvda kam eriydi, qizdirilsa portlash bilan parchalanadi. Fosfat (NH2)2COH3PO4 suvda yaxshi eriydi, to‘la parchalanadi. Karbamid tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda har ikki komponent o‘g‘it ‘isoblanadi. Masalan: Ca(NO3)2 4(NH2)2CO; Ca(H2RO4)2 (NH2)2CO va eng asosiy karbofosfat (NH2)2CO H3PO4.
Karbamid ishlab chiqarishda, karbamidning chiqish darajasi reagentlar bilan to‘ldirish zichligiga, bosimga, haroratga, ammiak va suvning reagent tarkibidagi miqdoriga hamda boshqa sharoitlarga bog‘liq.
To‘ldirish zichligi deb, boshlang‘ich moddalar miqdorini reaktor xajmiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.
Karbamid sintezi asosan suyuq fazada boradi. Boshlang‘ich moddalar miqdori bir xajmdan qancha ko‘p bo‘lsa bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Jarayon 180–200oS va 18–20 MPa bosimda olib boriladi.
Karbamidni ammoniy nitratdan bir qancha afzalliklari bor. U portlashga xavfsiz, u tuproqqa tushganda sekin eriydi, gigroskopligi kamroq, yopishqoqligi uncha yuqori emas.
Dostları ilə paylaş: |