Nazorat savollari:
1. Gallurgiya usuli nimaga asoslangan.
2. Kaliy minerallari;
3. Xlorli kaliy o‘g‘itlarining kamchiligi.
4. Qanday usullar bilan xlorsiz kaliy o‘g‘itlar olish mumkin.
5. Magniy tuzlaridan nima maksadda foydalaniladi.
6. Kaliy birikmalari-rudalari qaerda uchraydi.
7. Kaliy minerallarining asosiy vakillari.
8. Gallurgiya usullari kanday qonuniyatlarga asoslangan.
9. Silvinitdan KSl ni ajratib olish usullari.
10. Kaliy sulfatni olish usullari.
Adabiyotlar
Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.
Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.
Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.
Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.
Ma’ruza №22. Suyuq azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
REJA:
Suyuq azotli o‘g‘itlar xomashylari
Suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari
Suyuq azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Suyuq azotli o‘g‘itlar xomashylari
Suyuq azotli o‘g‘itlar sifatida suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammoniy nitrat, ammoniy karbonat va boshqa komponentlarning suyuq yoki ammiakli suvdagi eritmalari qo‘rinishdagi suyuq amminlar (ammiakatlar) ishlatiladi. SHuningdek, ammiaksiz azot tutgan suvli eritmali moddalar — ammoniy nitrat, karbamid va boshqalar ham ishlatiladi. Suyuq o‘g‘itlar olishda ularning kristallanish (muzlash) xaroratlarining past bo‘lishini, amminlar uchun esa — undagi azotning konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda eritma ustidagi ammiak bug‘larining bosimi kam bo‘lishini ta’minlanishi zarurdir. Suyuq azotli o‘g‘itlar o‘simliklarga xuddi qattiq o‘g‘itlardagi kabi o‘zlashsada, ularni ishlab chiqarish soddaligi va arzonligi bilan qattiq o‘g‘itlardan ustun turadi. Suyuq azotli o‘g‘itlarni ishlatish ularni yuklash, tushirish va tuproqka solish ishlarini to‘la mexanizatsiyalash imkonini beradi, bu esa ozuqa moddalarni kam darajada yo‘qotilishiga olib keladi. Ularni tuproqka solishda qattiq o‘g‘itlarga nisbatan mexnat 2-3 marta kam sarflanadi. SHu bilan birgalikda suyuq o‘g‘itlar tuproqda bir tekisda taqsimlanadi. Uchadigan ammiak tutmagan ayrim suyuq o‘g‘itlar bilan o‘simliklarni oziqlantirish uchun ularni samolyotda sepilishi yoki traktor mexanizmlari bilan purkalishi mumkin.
Suyuq ammiak va ammiakli suvning to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyuq azotli o‘g‘it sifatida ishlatilishi azotli ishlab chiqarish korxonalarini «qisqartirilgan» sxema bo‘yicha — ammiakni nitrat kislota va ammoniy nitratga yoki karbamidga aylantirish sexlarisiz tezkorlik bilan qurish imkoniyatini yaratadi. Bunda energetik, transport va ombor xo‘jaligi, yordamchi xizmatlar va uy-joy bo‘yicha qurilish ishlarining xajmi qisqaradi.
Ishlatish xarajatlari ham anchagina kamayadi, xususan, o‘g‘it arzonlashadi, chunki ammiakda azot birligining tannarxi eng arzon qattiq, o‘g‘it — ammiakli selitraga nisbatan taxminan 35% ga kamdir. Bundan tashqari, suyuq o‘g‘itlarda qattiq, o‘g‘itlardagi yopishqoqlik, segretsiya va boshqalar kabi yomon xususiyatlar bo‘lmaydi.
YUtuqlari bilan bir qatorda, suyuq o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va ishlatishda ma’lum qiyinchilik va kamchiliklar mavjuddir. Suyuq o‘g‘itlar — tuzlarning suvli eritmalaridir, ularning yuqori konsentratsiyali eritmalari past xaroratda tuzlar to‘yinishi, kristallanishi mumkin. Nisbatan past konsentratsiyali eritmalarni ishlatish esa ko‘p miqdordagi erituvchi — suvni tashish lozimligiga olib keladi. Suyuq o‘g‘itlarni saqlash uchun katta xajmdagi rezervuarlar talab etiladi, chunki ular nisbatan qisqa vaqt mobaynida ishlab chiqariladi va ishlatiladi. Suyuq o‘g‘itlarning ishlatilishi iste’molchi yaqinidagi xududlarda taksimlash markazlarini, tuproqka o‘g‘it solish maxsus jixozlarini, shuningdek (temir yo‘l va atomobil) sisternalar parkini tashkil etish uchun kapital mablag‘lar talab etadi; o‘g‘it sifatida suvsiz ammiak ishlatilishida yuqori bosimga mo‘ljallangan maxsus jixozlar talab etiladi.
Ayrim suyuq o‘g‘itlarning muxim kamchiligi ularning korroziyalash ta’sirining mavjudligidir. Bunday xususiyatli o‘g‘itlarga qora metallarga ta’siri bo‘yicha yuqori korroziyalovchi xossaga ega bo‘lgan ammoniy nitrat ammiakatlarining eritmalari kiradi. Ammoniy nitrat va kalsiy nitrat ammiakatlari aralashmasining eritmasi nisbatan kam agressivdir. Korroziya o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda, saqlashda, tashishda va tuproqka solishda qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki bular qimmatbaxo materiallar (changlamaydigan po‘latlar, alyuminiy va boshqalar) ishlatilishi bilan bog‘liqdir.
Suvli ammiakatlar va ayniqsa suvsiz ammiak — azot yo‘qotilishini oldini olish maksadida tuproqqa 12-15 sm chuqurlikda solishni talab etadi. Ammiakatlar turidagi suyuq o‘g‘itlarni tuproq ustiga solishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bunda ammiakning ko‘p qismi yo‘qotiladi. Bundan tashqari, o‘simliklarning barglari va taNaCl ammiak va ammiakatlar ta’sirida kuyishi mumkin. SHuning uchun suyuq o‘g‘itlarni solishda maxsus mashinalar ishlatiladi. Ularning rezervuarlari yuqori bosimda ishlay olishi lozim va bosimni nazorat qiladigan va suyuqlikni ta’minlaydigan qurilmalar bilan jixozlangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |