O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə93/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

24.1.-jadval
Turli xil xomashyolardan olingan SFK tarkibi

Komponentlar




SFKdagi komponentlar massa ulushi, %


Florida fosforitlaridan olingan


Apatit
konsentratidan olingan




P2O5umum.

68-72

70-72



P2O5orto.

40-55

30-40

Fe2O3 + Al2O3


3,5-4,5

1,8-2,5

CaO

0,2

0,2

MgO

0,6 gacha


yo‘q

SO3

3,5 gacha


2,5-3,0

F

0,3-0,9

0,05-0,10

Organik qo‘shimchalar


0,1-0,3

yo‘q



24.2-jadval
SFKning ayrim fizik xossalari

Ko‘rsatkichlar




Superfosfat kislota


Apatit konsentratidan


olingan

Florida fosforitlaridan


olingan

Zichligi, g/sm3 (20OC)


1,95-2,05


1,95-2,05


Qovushqoqligi, MPa∙s: 20OC da


40OC da 60OC da

2100-2500

550-600
150-200

10000-15000

2500-3000
600-700

Solishtirma issiqlik sig‘imi,


kj/kg∙K (25-100OC)

1,637

1,616

Issiqlik o‘tkazuvchanligi,


Vt/(m∙K) (25-100OC)

0,0043

0,0044

Qaynash harorati, OC


300-340

300-340

Qotish harorati, OC*


5-10

10-20

Rangi

Yashildan to‘q
jigarranggacha

Qora

* SFK qotish harorati deganda kislota oquvchanligi to‘la yo‘qoladigan harorat tushuniladi.
Yuqori darajada qovushqoqligi sababli SFKni saqlash va tashish 50- 60OC haroratda amalga oshiriladi.
Kislotani tashish uchun maxsus sakkiz asosli 120 t sig‘imli temiryo‘l sisternalari ishlatiladi. Sisternalar ichki qismi butilkauchuk bilan himoyalangan uglerodli po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. SFK cho‘kishi oldini olish uchun sisternalar penopoliuretandan iborat issiqlik himoyasi bilan muhofazalanadi. Har bir sisterna ichki qismida bug‘ o‘tkazish aylanma quvurlari (zmevik) joylashtiriladi, ular kerak bo‘lganda kislotani qizdirish uchun xizmat qiladi.



    1. Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish bosqichlari

Superfosfat kislota ishlab chiqarish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

  • tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali qayta ishlash yo‘li bilan P2O5 massa ulushi 28-40% bo‘lgan ekstraksion fosfat kislota (EFK) olish;


  • vakuum-bug‘latgich jihozlarida EFKdagi P2O5 massa ulushi 52-54% gacha bug‘latish, agar lozim bo‘lsa, kislotadan magniy birikmalari, shuningdek erimaydigan qo‘shimchalarni ajratish;


  • P2O5 massa ulushi 68-72% gacha EFKni keyingi konsentrlash.


Konsentrlash 240-260OC haroratda vakuum-bug‘latgich jihozida ham, 300-350OC haroratda kislotadan yoqilg‘i gazlarini o‘tkazish orqali barbotaj turidagi jihozda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda fosfat kislotadan faqatgina erkin suvgina (erituvchigina) bug‘lanib qolmasdan, kimyoviy bog‘langan suv yo‘qotiladi. Konsentrlash jarayoni bilan bir vaqtda ortofosfat kislotadan bitta yoki bir necha molekula suvning ajralish kimyoviy reaksiyasi – degidratatsiya sodir bo‘ladi va polifosfat kislota hosil qiladi:


2H3PO4 → H4P2O7 + H2O

3H3PO4 → H5P3O10 + 2H2O


SFK olish jarayoni yetarli darajada murakkab va ko‘p energiya talab etadi. SKO‘ ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 85% gacha ulushi SFK xarajatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ammiak. SKO‘ ishlab chiqarishda suyuq ammiak ishlatiladi. Ishlatiladigan ammiak sifati quyidagi talablarga javob berishi kerak (B markali):
Massa ulushi, % hisobida:
ammiak ≥ 99,6
namlik .............................................................................................. ≤ 0,4
Miqdori, mg/l hisobida:
moy .................................................................................................... ≤ 8
temir ................................................................................................... ≤ 2
SKO‘ olish jarayoni davomida suyuq ammiak bug‘lanadi va SFK bilan ta’sirlashishga gaz holatdagi ammiak yuboriladi. 1 kg suyuq ammiak bug‘langanda 1300 l gaz holatidagi ammiak NH3 hosil bo‘ladi.

Suyuq ammiakning bug‘lanish issiqligi 1200 kj/kg (15OC haroratda). Ammiakning bu xossasidan suyuq ammiakni bug‘latish uchun olinadigan SKO‘ni qisman sovutishni amalga oshirishdagi texnologik jarayonlarda foydalaniladi.





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin