O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


SFK va ammoniy polifosfatlari olish texnologiyasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə96/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

SFK va ammoniy polifosfatlari olish texnologiyasi

SFK va ammoniy polifosfatlari olish texnologiyalari yaratilgandan keyingina SKO‘ ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila boshlandi. Ortofosfatlar bilan solishtirilganda ammoniy polifosfatlari tarkibida 2-4 atom fosfor tutadi va yaxshi eruvchanlikka egadir. Bundan tashqari, ular 2- va 3- valentli metallar bilan suvda eruvchan turli xil kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega, bu esa ekstraksion fosfat kislotani ammoniylashtirishda cho‘kmalar hosil bo‘lishini bartaraf etadi.

Polifosfatlarning bu sifati ular asosida olinadigan SKO‘ning yuqori iste’mol sifatini ta’minlaydi: qattiq qo‘shimchalarning amalda mavjud emasligi, ozuqa moddalarining yuqori konsentratsiyaliligi, kristallanish haroratining pastligi (minus 20OC gacha). Shunday xossali o‘g‘itli eritmalar olish uchun suyuq kompleks o‘g‘itlarda P2O5 konversiya darajasini 55-57% dan kam bo‘lmasligini ta’minlash kerak.


SKO‘ olishda ammoniy polifosfatlarining hosil bo‘lishi bevosita texnologik jarayonlarda, ya’ni uning 1-bosqichida – SFKni ammoniylashtirishda sodir bo‘ladi. Bu jarayon soddalashtirilgan holda quyidagi reaksiyalar bilan ifodalanadi:
H3PO4 + NH3 → NH4H2PO4; (1)

H4P2O7 + NH3 → NH4H3P2O7; (2)


2NH4H2PO4 → NH4H3P2O7 + H2O + NH3. (3)
Ammoniy pirofosfatlari SFK tarkibiga kiradigan pirofosfat kislotani neytrallanishi hisobiga ham (2-reaksiya), ammoniy ortofosfatlarini neytrallanishi hisobiga ham (3-reaksiya) hosil bo‘ladi. Vaholanki, SFKdagi pirofosfat kislota miqdori unchalik katta bo‘lmaydi, fosfor polishaklining asosiy qismi degidratatsiya hisobiga hosil bo‘ladi.
Ortofosfatlar degidratatsiyasi 160-190OCda boshlanadi, ammo bu haroratda jarayon juda sekin tezlikda boradi hamda talab etiladigan konversiya darajasiga yetishi uchun jarayon bir necha soat davom etadi. Harorat ortishi bilan degidratatsiya tezligi keskin ortadi va 300OC haroratda kerakli miqdordagi polifosfatlar 1 soatgacha vaqtda olinishi mumkin. Bu esa kislotani ammoniylashtirishni sodda va ixcham jihoz – quvurli reaktorda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
SKO‘ olishda degidratatsiya jarayoni avtotermik sodir bo‘ladi, ya’ni jarayon uchun talab etiladigan harorat superfosfat kislotani ammoniylashtirish issiqligi hisobiga ta’minlanadi. SFKni ammoniylashtirish issiqlik effekti 1 kg bog‘langan azot hisobiga ~6200 kj ni tashkil etadi.
Boshlang‘ich kislota konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ammoniylashtirish harorati ham yuqori bo‘ladi va olinadigan SKO‘da P2O5 konversiyasi katta bo‘ladi (5.5-rasm). Quvurli reaktorda ammoniylashda 55-60% konversiya darajali SKO‘ olishni ta’minlash uchun superfosfat kislotaning minimal konsentratsiyasi 63-65% P2O5 bo‘lishi kerak.
25.2-rasm. SKO‘dagi P2O5 konversiya darajasi (1) va ammoniylash harorati (2) ning boshlang‘ich kislota konsentratsiyasiga bog‘liqligi
P2O5 konversiya darajasi quvurli reaktorga kiradigan ammiak:kislota (N:P2O5) nisbatiga ham bog‘liqdir. Bu nisbat ortishi natijasida kislota bilan ta’sirlashadigan NH3 miqdori ortadi (5.6-rasm). Shunga muvofiq holda ajraladigan issiqlik miqdori va ammoniylash harorati ortadi. SFK uchun bog‘lanadigan ammiak ulushining shunday ortishi, faqat kirishdagi N:P2O5 nisbat qiymati ~0,20 ga teng bo‘lguncha sodir bo‘ladi. Reaktorga beriladigan NH3 miqlorining bundan keyingi ortishi hech qanday samara bermaydi. Shuning uchun SFKdan foydalanilganda reaktorga SKO‘ olish uchun talab etiladigan ammiak miqdorining ~70% beriladi, qolgan qismi esa eritmani keyingi qo‘shimcha ammoniylashda ishlatiladi.

25.3-rasm. Reaktorga kirishdagi ammiak va fosfat kislota nisbatining suyuqlanmadagi N:P2O5 nisbatiga ta’siri:


boshlang‘ich kislota konsentratsiyasi: 1 – 53,2; 2 – 62,5; 3 – 69,2.
SFKga nisbatan past konsentratsiyali fosfat kislota ishlatilganda hosil bo‘ladigan fosfatlardagi azot to‘la me’yordagi ammiakni (kirishda N:P2O5 nisbati – 0,294) reaktorga bergunga qadar eng katta miqdorgacha ortadi. Bu holda maksimal issiqlik effekti hosil qilish uchun quvurli reaktorga SKO‘ olish uchun kerak bo‘ladigan ammiakning barcha miqdori beriladi.


    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin