O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


SKO‘ eritmasi olish tarmog‘i texnologik sxemasining bayoni



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə99/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

SKO‘ eritmasi olish tarmog‘i texnologik sxemasining bayoni


Ammoniy polifosfatlari eritmasi olish (5.8-rasm). Ombordan rotatsion nasos – me’yorlashtirgich P10 orqali quvurli reaktorga superfosfat kislota beriladi. Kislota reaktorga rotor nasosi – me’yorlashtirgichning aylanish soni o‘zgarishiga qarab me’yorlashtiriladi.
Reaktorga uzatishdan oldin kislota issiqlik almashtirgich E7da 0,4 MPa (4kgs/sm2) bosimdagi bug‘ bilan 80OC haroratgacha qizdiriladi.

26.2-rasm. SKO‘ eritmasi olish tarmog‘i texnologik sxemasi: P10(P11) – SFK me’yorlashtirgich-nasoslari; E1, E4, E7 – issiqlik almashtirgichlar; A2 – ammiakning o‘z-o‘zini sovutgichi; E2 – ammiak bug‘latgich; E3 – ammiak isitgich; A6A, A6B – quvurli reaktorlar; A3 – nasos; R3, R4 – hajmdor idishlar; P17(P18), P22(P23) – nasoslar.
1,4 MPa (14kgs/sm2) bosimdagi suyuq ammiak korxona tizimidan «quvurdagi quvur» turidagi F2 o‘z-o‘zini sovutish tizimiga beriladi, u yerda ammiakdagi gaz fazasini kondensatsiyalash uchun qo‘shimcha sovutiladi. Sovutilgandan so‘ng qurilmaga beriladigan ammiak miqdori o‘lchanadi. So‘ngra suyuq ammiak 0,7 MPa (7 kgs/sm2) bosimgacha drosellanadi va issiqlik almashtirgich E1 ning quvurlararo bo‘shlig‘iga beriladi. Issiqlik almashtirgich quvurlari ichidan omborga yuboriladigan tayyor mahsulot harakatlanadi va u kelayotgan ammiak bilan 40OC dan 25OC gacha sovutiladi. Bunda suyuq ammiak 14OC haroratda qisman bug‘lanadi. So‘ngra ammiak bug‘latgich E2 ga tushadi, u yerda bug‘latgich quvur bo‘shlig‘iga 65OC haroratda beriladigan SKO‘ eritmasi issiqligi hisobiga ammiakning to‘la bug‘lanishi sodir bo‘ladi. Tarkibida suyuq ammiak tomchilari bo‘lgan gaz holatidagi ammiak qizdirgich E3 ga keladi, u yerda issiqlik almashtirgich quvurlararo bo‘shlig‘iga 0,4 MPa (4 kgs/sm2) bosimda beriladigan to‘yingan suv bug‘i bilan 50OC haroratgacha qizdiriladi.
Qizdirilgandan so‘ng qariyb 70% ammiak qo‘shimcha neytrallagichga o‘rnatilgan reaktorga keladi. Unda ikkita reaktor o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan biri ishchi, ikkinchisi esa zaxira holatida bo‘ladi. Quvurli reaktorda superfosfat kislotaning ammiak bilan 300- 350OC haroratda neytrallanishi sodir bo‘ladi. Ammoniy orto- va metafosfatlarining suyuqlanma aralashmasi reaktordan qo‘shimcha neytrallagichga o‘tadi, u yerda SKO‘ning aylanuvchi eritmasi va u bir vaqtda qo‘shiladigan texnik suv yoki kondensat bilan suyultiriladi. Qo‘shimcha neytrallagichning pastki qismida barbotaj qurilmasi joylashtirilgan bo‘lib, u orqali eritmani pH=6,0-7,0 gacha qo‘shimcha ammoniylashtirish uchun qolgan 30% ammiak yuboriladi.
Qo‘shimcha neytrallagichning yuqori qismi chiqindi gazlarini tozalash uchun skrubber vazifasini bajaradi va unda ikki qatlam to‘ldirgich bo‘ladi. Skrubber to‘ldirgichning yuqori qatlamidagi R3 idishdan P17 nasos bilan uzatiladigan suv yoki kondensat hamda to‘ldirgich quyi qatlami orqali ta’minlanadigan SKO‘ aylanuvchi eritmasi bilan sug‘oriladi. Sug‘oriladigan eritma o‘z-o‘zicha qo‘shimcha neytrallagichning quyi qismiga oqib tushadi, u yerda reaktordan chiqadigan suyuqlanmani eritadi. Skrubber orqali gazlarning harakati tabiiy so‘rilish hisobiga sodir bo‘ladi.
Qo‘shimcha neytrallagichdagi SKO‘ harorati bir qism sovutilgan eritmani qaytarish hisobiga 60-70OC da ushlab turiladi. Buning uchun SKO‘ aylanishi nasos P20 bilan E2 va E4 issiqlik almashtirgichlar orqali amalga oshiriladi. Qo‘shimcha neytrallagichdan chiqadigan SKO‘ning bir qismi ammiak bug‘latgichiga tushadi. Bug‘latgichdan o‘tgan eritma SKO‘ning asosiy oqimi bilan qo‘shiladi va E4 issiqlik almashtirgichga tushadi, u yerda aylanma suv bilan 40OC haroratgacha sovutiladi. Sovutilgandan so‘ng SKO‘ning bir qismi (~36 m3/soat) tayyor mahsulotning oraliq idishiga, ko‘p qismi (~358 m3/soat) esa qo‘shimcha neytrallagichga qaytariladi. Bunda skrubberning quyi qismidagi forsunkaga ~108 m3/soat eritma berilishi kerak, ~250 m3/soat eritma esa qo‘shimcha neytrallagichga to‘g‘ridan to‘g‘ri qaytariladi. Tayyor mahsulot A4 oraliq idishdan P22 nasos bilan to‘la sovutish uchun R1 issiqlik almashtirgichga va so‘ngra tayyor mahsulot omboriga uzatiladi.
Oqavalar, kislotali kondensatlar, temiryo‘l sisternalari yuvindilari R4 idishga yig‘iladi, undan P18 nasos bilan suyuqlanmani eritish uchun qo‘shimcha neytrallagich quyi qismiga beriladi.




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin