O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Tayyor mahsulotni saqlash va tashish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə100/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Tayyor mahsulotni saqlash va tashish


Tayyor mahsulotni saqlash va tashish (5.9-rasm). Tayyor mahsulot SKO‘ olish qurilmasidan o‘tkazish quvuri orqali har birining hajmi 20000 m3 bo‘lgan omborga yuboriladi. Saqlash paytida aylanma harakat yordamida SKO‘ni muntazam aralashtirib turish amalga oshiriladi, bunda eritma tarkibi ombor hajmi bo‘yicha bir xil bo‘ladi va uning ostiga cho‘kma tushishi oldi olinadi. Buning uchun rezurvuarlar ostiga injeksiya turidagi forsunkalar bilan kollektorlar o‘rnatiladi. Ombor osti yuzasi 5 ta seksiyaga ajratiladi, ularning har birida alohida kirish bo‘ladi. SKO‘ eritmasi ombordan P51(P52) nasoslar bilan 400 m3/soat tezlikda chiqariladi va yana sektorlardan biridagi kollektor orqali rezervuarga qaytariladi.
Sirkulyatsiya jarayonida eritma kirish joyida davriy ulanish-uzilish sodir bo‘ladi va SKO‘ idishga beshta sektorning har biridan birin-ketin qaytariladi, natijada mahsulotning barcha massasi ombor hajmi bo‘yicha bir tekisda aralashadi.
Qishki paytda SKO‘ kristallanishini oldini olish uchun sirkulyatsiya E5 issiqlik almashtirgichdan o‘tkaziladi, u orqali eritmani isitish amalga oshiriladi. Issiqlik almashtirgichga bug‘ berish ombordagi harorat bo‘yicha avtomatik boshqariladi.
P51(P52) nasos SKO‘ni bir ombordan ikkinchisiga o‘tkazishda ishlatilishi mumkin.
Tayyor mahsulot iste’molchiga temiryo‘l yoki avtosisternalarda yetkazilishi mumkin.
Temiryo‘l sisternalariga SKO‘ quyish P51(P52) nasoslari bilan amalga oshiriladi. Bunda bir vaqtning o‘zida to‘rtta sisterna to‘ldiriladi. Avtosisternalarga P53(P54) nasoslar bilan 50 m3/soat tezlikda eritma to‘ldiriladi. To‘ldirilgan temiryo‘l va avtosisternalar og‘irligi tortiladi.

26.3-rasm. Tayyor mahsulotni saqlash va tashish tarmog‘i texnologik sxemasi:
R5, R6 – SKO‘ ombori; E5 – issiqlik almashtirgich; P51(P52), P53(P54) – nasoslar




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin