O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Kislotani ammoniylashtirish jarayoni



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə97/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Kislotani ammoniylashtirish jarayoni

Kislotani ammoniylashtirish jarayonidagi haroratda hosil bo‘ladigan tuzli komponentlar suyuqlanma holatida bo‘ladi hamda tuzlar suyuqlanmasi, suv bug‘i va ta’sirlashmagan ammiakdan iborat gaz- suyuqlik aralashmasi tarzida quvurli reaktordan chiqadi. Bu aralashma keyinchalik suvda eritiladi, SKO‘ eritmasi hosil qilinadi.

Tuzlar suyuqlanmasi eritilganda polifosfatlar gidroliz jarayoni sodir bo‘lishi mumkin. Gidroliz – polifosfatlarga suv birikishi bilan bog‘liq bo‘lgan degidratatsiyaga nisbatan qaytar jarayondir va polifosfatlarning ortofosfatlarga aylanishidir:


(NH4)2H2P2O7 + H2O → 2NH4H2PO4
Gidroliz juda ham o‘rinsiz jarayon bo‘lib, P2O5 polishakli ulushini kamaytiradi, bu esa SKO‘ sifatini yomonlashishiga olib keladi (cho‘kmalar paydo bo‘lishi va hokazo).
Yuqori haroratda va eritma pH qiymati kichik bo‘lganda gidroliz tezligi keskin ortadi. Shuning uchun polifosfatlar gidrolizidan xalos bo‘lish uchun eritma suyuqlanmani eritish jarayonida pH=6-7 gacha qo‘shimcha ammoniylanadi va uni oldindan sovutilgan ko‘p miqdordagi SKO‘ bilan aralashtirish orqali 60-70OC haroratgacha tez sovutiladi. Qo‘shimcha ammoniylash quvurli reaktorda ta’sirlashmagan ammiak hisobiga ham, qo‘shimcha beriladigan ammiak hisobiga ham amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ammoniylashda bitta almashingan ammoniy orto- va polifosfatlarining bir qismi 2- va 3-almashingan tuzlarga aylanadi:
NH4H2PO4 + NH3 → (NH4)2HPO4;
NH4H3P2O7 + NH3 → (NH4)2H2P2O7;
NH4H3P2O7 + 2NH3 → (NH4)3HP2O7.
SKO‘ turg‘unligiga boshlang‘ich kislota tarkibidagi qo‘shimchalar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, SO3 miqdorining 5% gacha ortishi konversiya darajasining ortishiga olib keladi. Kislotada ftor birikmalari bo‘lganda SKO‘ eritmasi turg‘unligi ortadi.
SFKni ammoniylash jarayonida reaktor ichki yuzasiga cho‘kindilarning muntazam o‘tirib qolishi – inkrustatsiya kuzatiladi. Bu jarayon halqa tuzilishli (Fe,Al)(PO3)3 va chiziqli tuzilishli (Fe,Al)NH4HP3O10 turidagi suvda erimaydigan birikmalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Boshlang‘ich kislota tarkibida Fe2O3, Al2O3, MgO qo‘shimchalari miqdorining ortishi reaktordagi inkrustatsiyani jadallashtiradi, reaktor samaradorligini kamaytiradi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin