SFK va ammoniy polifosfatlari olish texnologiyasi
Kislotani ammoniylashtirish jarayoni
SKO‘ olish jarayoni ammiakning turli konsentratsiyadagi fosfat kislotalar bilan ta’sirlashishi.
SKO‘ olish jarayoni ammiakning turli konsentratsiyadagi fosfat kislotalar bilan ta’sirlashishiga asoslangandir. Kislota ammoniylanganda hosil bo‘ladigan ammoniy fosfatlari suvda eritiladi, o‘g‘itli eritma – SKO‘ olinadi.
SKO‘da ozuqa moddalari konsentratsiyasi va nisbati belgilangan minimal haroratdagi ammoniy fosfatlari eruvchanligi orqali aniqlanadi. Turli xil sharoitlarda eruvchanlik kattaligiga N:P2O5 nisbati hamda tuzlar sistemasiga muvofiq keladigan orto- va polifosfatlar orasidagi nisbat bilan aniqlanadigan fosfat kislotaning ammoniylanish darajasi katta ta’sir ko‘rsatadi.
1-rasmda keltirilgan ammoniy orto- va metafosfatlari eruvchanligining N:P2O5 nisbatiga bog‘liqligidan ko‘rinadiki, N:P2O5 = 0,29-0,33 nisbatida eritmadagi ozuqa moddalari yig‘indisi maksimumga erishadi. Bu o‘z navbatida SKO‘da ozuqa moddalari nisbatini aniqlaydi: suyuq o‘g‘itlar tarkibidagi 1 qism azotga 3,0-3,4 qism P2O5 to‘g‘ri keladi.
25.1-rasm. 0OC haroratda NH3–H3PO4–H4P2O7–H2O sistemasi eruvchanligi
Dastlab SKO‘ olish uchun termik ortofosfat kislota ishlatilgan. Fosfat kislotani ammoniylash ammiakli suv bilan hajmdor turdagi jihozlarda amalga oshirilgan. Tayyor mahsulot mono- va diammoniyfosfat eritmalari bo‘lib, tarkibida 8% azot va 24% P2O5 bo‘ladi. Ammo bunday tarkibda SKO‘ olish jarayoni termik fosfat kislota tannarxining kattaligi va kamyobligi sababli keng ko‘lamda qo‘llanilmadi.
Keltirilgan sxema bo‘yicha 8:24:0 turidagi SKO‘ olish uchun ekstraksion fosfat kislota ishlatish kislotada Ca2+, Mg2+, Fe3+, Al3+ va boshqa qo‘shimchalar bo‘lganligi sababli amalga oshmay qoldi. SKO‘ olishda kislotadagi qo‘shimchalar suvda erimaydigan tuzlar – CaHPO4∙2H2O, AlPO4∙2H2O, FePO4∙2H2O va hokazo hosil qiladi, ular cho‘kmaga tushadi, bu esa SKO‘ni saqlash va ishlatishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Cho‘kmani SKO‘dan ajratish va yuvishni uning tarkibiga kiradigan birikmalar mayda kristall va amorf xususiyatli bo‘lganligi tufayli amalga oshirib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |