O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


-rasm. SKO‘ni uzoq vaqt saqlanganda P



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə92/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

23.3-rasm. SKO‘ni uzoq vaqt saqlanganda P2O5 konversiya darajasining o‘zgarishi:
konversiyaning boshlang‘ich darajasi: 1 – 77%; 2 – 64%; 3 – 50%.


Tayanch so‘zlar:
Suyuq o‘g‘itlar (SKO‘), azot, fosfor, kaliy, mikroelementlar, pestitsidlar, stimulyator, eritmalar, suspenziyalar, qattiq o‘g‘itlar, sitratli eritmalar, zaharli chiqindilar, konversiya, gidroliz, issiqlik, massa almashinuv, texnologik tizim, gidravlik parametr.


Nazorat savollari va topshiriqlari

  1. Suyuq kompleks o‘g‘itlar (SKO‘) – tarkibida qanday element va moddalar mavjud


  2. Ammoniy nitrat asosida tayyorlangan eritmalarga misollar ayting


  3. Superfosfat kislotadan (SFK) olingan SKO‘ tushuntiring


  4. SKO‘ sifati qanday talablarga javob berishi kerak


  5. Apatitdan olingan SFK asosidagi SKO‘ qovushqoqligini tushuntiring




Mavzu №24: Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish xomashyolari


REJA:


  1. Suyuq fosforli kompleks (SFK) tarkibi va xossalari


  2. Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish bosqichlari




    1. Suyuq fosforli kompleks (SFK) tarkibi va xossalari

10:34:0 turidagi SKO‘ olish uchun superfosfat kislota, ammiak va suv asosiy boshlang‘ich komponentlar hisoblanadi.

Superfosfat kislota alohida individual kimyoviy birikma hisoblanmaydi. Fosfat kislotalar aralashmasi shunday mahsulot nomi bilan yuritilishi mumkin. Uning tarkibiga ortofosfat kislota H3PO4 hamda tarkibida ikki va undan ortiq fosfor atomlari tutgan bir qator polifosfat kislotalar kiradi. Polifosfat kislotalari pirofosfat kislota H4P2O7, shuningdek oz miqdordagi tripolifosfat kislotasi H5P3O10 dan iborat bo‘ladi. SKO‘dagi kabi SFKda ham polifosfatlar ulushi konversiya darajasi kattaligi bilan aniqlanadi.
Asosiy komponentlardan tashqari SFK tarkibida uni olish jarayonida fosfatli xomashyodan kislotaga o‘tadigan temir, aluminiy, magniy, ftor, kalsiy kabilar bo‘ladi. Apatit konsentratidan olingan SFK tarkibida Florida fosforitlaridan olingan SFKga nisbatan qo‘shimchalar kam bo‘ladi (5.1- jadval).
Superfosfat kislota qiyom ko‘rinishidagi qovushqoq suyuqlikdir.
SFKning ayrim fizik xossalari 5.2-jadvalda keltirilgan.
Fosforitlardan olingan SFKda ko‘p miqdordagi qo‘shimchalar bo‘lishi uning qovushqoqligini oshiradi, organik qo‘shimchalar esa elementar uglerod (qurum) hisobiga kislotaning qora rangda bo‘lishiga olib keladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin