O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Suyuq kompleks o‘g‘itlar (SKO‘) – tarkibi va turlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə90/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Suyuq kompleks o‘g‘itlar (SKO‘) – tarkibi va turlari

Suyuq kompleks o‘g‘itlar (SKO‘) – tarkibida azot va fosfor yoki azot, fosfor va kaliy (to‘la suyuq o‘g‘it) birikmalari, ba’zan esa ularda mikroelementlar, pestitsidlar va o‘simliklarni o‘stiruvchi moddalar (stimulyator) qo‘shimchasi tutgan suvli eritmalar yoki suspenziyalar ko‘rinishida bo‘ladi. Qattiq o‘g‘itlarga nisbatan suyuq o‘g‘itlar – suvda va sitratli eritmalarda eruvchanligining yaxshiligi; tayyorlanish usullarining soddaligi; kapital va ishlatish xarajatlarining kamligi; zaharli chiqindilarning yo‘qligi; ularni yuklash, tushirish va tashishni to‘la mexanizatsiyalashtirish mumkinligi; ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanishda mehnatning 2-3 marta kamligi; tuproqda bir tekisda taqsimlanishi va boshqa bir qator afzalliklarga egadir. Lekin suyuq o‘g‘itlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – saqlash va ishlatishda qiyinchiliklar kelib chiqmasligi uchun ulardagi tuzlarning kristallanish harorati past bo‘lishi kerak.

Suyuq kompleks o‘g‘itlar uchun fosforning manbasi sifatida ekstraksion ortofosfat yoki, aniqrog‘i, polifosfat kislota xizmat qiladi, uni gazsimon ammiak bilan neytrallanadi. Kerakli darajadagi N:P2O5:K2O nisbatga erishish uchun eritmaga karbamid, amoniy nitrat va kaliy tuzlari, ko‘pincha kaliy xlorid qo‘shiladi. Kaliy xlorid SKO‘ dagi boshqa komponentlarga nisbatan oz eriydi, shuning uchun to‘la suyuq o‘g‘itlardagi ozuqa elementlarining N + P2O5 + K2O yig‘indisi 30% dan oshmaydi. Kaliy xlorid o‘rniga kaliy karbonat yoki gidroksid qo‘shish orqali bu kattalik miqdorini oshirish o‘g‘it tannarxining keskin ortishiga olib keladi.


Tarkibida kondensirlangan fosfatlar bo‘lmagan hamda ammoniy nitrat va kaliy xlorid qo‘shish orqali termik fosfat kislotani NH3:P2O5=1,6 molyar nisbatigacha neytrallashdan olingan 1:1:1 markali suyuq o‘g‘it 0OC da kristallantirilmagani holda tarkibida 17% gacha ozuqa elementlari tutadi. Agar ammoniy nitrat o‘rniga karbamid ishlatilsa, u holda ozuqa elementlari konsentratsiyasini 28% gacha oshirish mumkin. Ozgina qo‘shimcha sovutish (taxminan 5OC ga) natijasida bu eritmalar uzoq vaqt to‘yingan holatda turishi mumkin. Ammoniy nitrat asosida tayyorlangan eritmalardan birinchi navbatda kaliy nitrat kristallana boshlaydi, ammoniy nitrat o‘rniga karbamid almashtirilsa, eritmadan cho‘kmaga dastlab kaliy xlorid ajraladi.
9–9–9 markali SKO‘ – termik fosfat kislota, karbamid, ammiakli suv va kaliy xlorid asosidagi eritmadir. Undagi har bir ozuqa elementning miqdori 9 0,5% (jami – 27% dan kam emas) ni tashkil etadi. 15-25OC haroratdagi o‘g‘it zichligi 1230-1250 kg/m3 ni, pH= 6,5 7,5 ga tengdir.
10:34:0 turidagi suyuq kompleks o‘g‘itlar ammoniy orto- va polifosfatlarining suvdagi eritmasi tarzida bo‘lib, uning tarkibida 10% azot va 34% P2O5 bo‘ladi. SKO‘ tarkibiga kiradigan ammoniy ortofosfatlari tarkibida bir atom fosfor bo‘lib, monoammoniy fosfat NH4H2PO4 va diammoniy fosfat (NH4)HPO4 tarzida bo‘ladi. Tarkibida ikki va undan ortiq fosfor tutgan ammoniy polifosfatlari SKO‘ tarkibida diammoniy pirofosfat (NH4)2H2P2O7, triammoniy pirofosfat (NH4)3HP2O7, shuningdek oz miqdorda ammoniy tripolifosfat (NH4)3H2P3O10 tarzida bo‘ladi. SKO‘dagi umumiy P2O5 ning eng kamida 55% miqdori poli-shaklda bo‘lishi kerak. Eritma zichligi 1400 30 kg/m3, kristallanish haroratining boshlanishi –18OC dan yuqori, qovushqoqligi 50 MPa∙s, pH=67 bo‘ladi. Uni uglerodli po‘latdan yasalgan idishlarda saqlanadi va tashiladi.
SKO‘ tarkibiga asosiy komponentlardan tashqari boshlang‘ich xomashyolarda qo‘shimchalar bo‘lgan temir, aluminiy, magniy, kalsiy, oltingugurt, ftorning suvda eruvchan birikmalari kiradi. Ularning miqdori (oksidlar hisobida) boshlang‘ich xomashyo tarkibiga bog‘liq bo‘lib, 1,5- 2,5% ni tashkil etadi. SKO‘ tarkibida, shuningdek, oz miqdorda (0,3% gacha) qattiq qo‘shimchalar – tarkibi (Fe,Al)NH4P2O7 bo‘lgan temir va aluminiyning ammoniyli pirofosfatlari bo‘ladi, ular organik moddalar bilan mayda kristalli sekin cho‘kadigan zarrachalar hosil qiladi.
SKO‘ eritmasidagi tuzlarning umumiy miqdori ~ 60% ni tashkil qiladi.
SKO‘ sifatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich P2O5 konversiya darajasi hisoblanadi.
Konversiya darajasi suyuq o‘g‘itlar tarkibida polifosfatlar tarzida bo‘ladigan P2O5 umumiy miqdoriga nisbatan qandaydir miqdorini tashkil etishini ko‘rsatadi. Konversiya darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: P2O5poli – SKO‘dagi P2O5 poli shakli massa ulushi, %; P2O5umum – SKO‘dagi umumiy P2O5 massa ulushi, %.


P2O5poli ni analitik aniqlash anchagina qiyin, SKO‘dagi konversiya darajasini aniqlash uchun P2O5umum va ortofosfatlar tarzidagi P2O5 massa ulushlari aniqlanadi va ular orasidagi farqdan P2O5poli topiladi.
Bu holda konversiya darajasini (% hisobida) aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Konversiya darajasi kattaligi SKO‘ning qator fizik-kimyoviy, xususan, suyuq o‘g‘itlarni ma’lum sharoitda uzoq vaqt saqlashni belgilab beradigan kristallanish harorati kabi xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. 10:34:0 tarkibli SKO‘ kristallanish haroratining konversiya darajasiga bog‘liqligi keltirilgan 5.1-rasmdan ko‘rinadiki, konversiya darajasi 50% dan kam bo‘lmagan eritmalarda kristallanish harorati past (18-20OC) bo‘lishi mumkin. Quyi konversiya darajali SKO‘larda tuzlarning eritmadan kristallanishi 0OC dan yuqori haroratda sodir bo‘ladi va bunday o‘g‘itlarni ishlatishda qiyinchiliklar kelib chiqadi.



    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin