O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Ammoniy fosfatlar va ammofos ishlab chiqarishning fizik- kimyoviy xususiyatlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə107/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Ammoniy fosfatlar va ammofos ishlab chiqarishning fizik- kimyoviy xususiyatlari.

Ammoniy fosfatlari ishlab chiqarish uchun ammiak va ortofosfat kislota (ekstraksiyali ham, termik ham) xomashyo hisoblanadi. Fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash ko‘p miqdordagi issiqlik ajralishi bilan sodir bo‘ladi:

3.1-rasmdan ko‘rinadiki, jarayonni AB chiziq bo‘yicha amalga oshirish natijasida eng ko‘p miqdordagi monoammoniyfosfat olishga erishiladi. Tarkibida 40% H3PO4 (~29% P2O5) bo‘lgan ekstraksion fosfat kislotani neytrallashda hattoki 25OC haroratda ham kristallarning unumi unchalik ko‘p bo‘lmaydi (C nuqtadagi sistema). Konsentrlangan fosfat kislotani (75% H3PO4 yoki 54% P2O5) neytrallanishidagi sistemaning tarkibi D nuqtaga muvofiq keladi va hosil bo‘ladigan qattiq fazaning miqdori 75OC dan yuqori haroratda ham eng ko‘p bo‘ladi. Bunga reaksiyaning issiqligi hisobiga bir qism suvning bug‘lanishi ham yordam beradi.

Ammofos ishlab chiqarishda qo‘shimchalar bilan ifloslangan ekstraksion fosfat kislota ishlatilganligi uchun, uning ammiak bilan pH 3 gacha neytrallash jarayonida RPO4∙2H2O turidagi temir va aluminiyning o‘rta fosfatlari va temiraluminiyammoniyfosfatlari – NH4(Fe,Al)(HPO4)2∙0,5H2O, dikalsiyfosfat CaHPO4∙2H2O, gips, ftoridli va ftorsilikatli tuzlar, magniyammoniyfosfat NH4MgPO4∙H2O ajralib chiqadi, suyuq fazada esa ammoniy sulfat paydo bo‘ladi.
Fosfat kislotani ammoniylashtirishda, tarkibida ammoniy fosfatlari, erkin fosfat kislota, suv va cho‘kadigan qo‘shimchalar bo‘lgan kislotali suspenziya hosil bo‘ladi.
Ammiakning yutilish me’yori bo‘yicha suspenziya miqdori va komponentlarning tarkibi hamda haroratning ortishi xuddi uning xossasi -pH qiymati, qattiq fazalar eruvchanligi, qovushqoqligi (oquvchanligi) va boshqalar kabi muntazam o‘zgarib turadi. To‘yingan suvli eritma ustidagi ammiakning muvozanatli bosimi NH3:H3PO4 molyar nisbatiga bog‘liqdir (3.3-rasm). Unga esa vodorod ko‘rsatkich – pH qiymati bog‘liq (3.4-rasm), pH qiymati orqali jarayonni boshqarib turiladi. 25OC da NH3:H3PO4 molyar nisbati 1,45 ga yaqin bo‘lgan to‘yingan eritma maksimal zichlik va qovushqoqlikka ega bo‘ladi. Suspenziya tarkibining o‘zgarishi ularning suyuq fazalarining qaynash haroratiga katta ta’sir ko‘rsatadi, buni konsentrlash va suvsizlantirishning optimal tartib (rejim) larini tanlashda e’tiborga olish lozimdir.


28.3-rasm. Ammoniy fosfatlar to‘yingan suvli eritmalari ustidagi ammiak bosimining NH3:H3PO4 molyar nisbatiga bog‘liqligi.


28.4-rasm. 65-75OC haroratdagi ammoniy fosfatlar to‘yingan eritmalari pH qiymatining NH3:H3PO4 molyar nisbatiga bog‘liqligi.




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin