28.5-rasm. Ammoniy ortofosfatlari ishlab chiqarish uchun qurilma sxemasi:
1-birinchi bosqich saturatori; 2-quyultirgich; 3,9-sentrifuga; 4-issiq suv uchun bak; 5-birinchi bosqich cho‘kmasi uchun barabanli quritgich; 6-ammoniy fosfat eritmasining yig‘gichi; 7-ikkinchi bosqich bug‘latish tizimi; 8-mono- yoki diammoniyfosfat uchun kristallizator; 10-ikkinchi bosqich saturatori; 11- kristallanish siklidan qolgan eritma yig‘gichi; 12-mono- yoki diammoniyfosfat uchun quritgich. Diammoniyfosfat olish uchun bug‘latilgan monoammoniyfosfat eritmasi ikkinchi bosqichda pH8 gacha qo‘shimcha ammiak bilan to‘yintiriladi. Ammiak yo‘qotilishining oldini olish uchun to‘yintirish 80OC dan past haroratda o‘tkaziladi. So‘ngra diammoniyfosfat eritmasi kristallantirishga yuboriladi, sentrifugalanadi va ajratilgan diammoniyfosfat quritiladi. Diammoniyfosfatdan ammiakni yo‘qotilishini va monoammoniyfosfatga aylanishini oldini olish uchun uni 60OC da quritiladi. Monoammoniyfosfatning quritilishi esa 100-110OC gacha o‘tkazilishi mumkin. Sxemasi 3.5-rasmda tasvirlangan qurilmada termik fosfat kislotadan ham, ekstraksion fosfat kislotadan ham mono- yoki diammoniyfosfat ishlab chiqarilishi mumkin.