Tayyor mahsulot oraliq hajmdor idishlari A4 – gorizontal payvandlangan 10 m3 hajmli silindrik idishdir.
27. 3. Issiqlik almashtirgich jihozlari
Issiqlik almashtirgich E7. SFKni reaktorga uzatishdan oldin qizdirish uchun mo‘ljallangan. Qobiqqoplamali, grafitli. 8 blokdan iborat. Issiqlik almashinish yuzasi 37 m2, issiqlik unumdorligi 1634100 kj/soat.
Texnik tavsifi
Quvurlararo
bo‘shliq
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
Bosim, MPa (kgs/sm2)
0,4 (4)
0,10 (10)
Harorat, OC
150
100
Muhit
Bug‘
SFK
Hajmi, l
288
196
Issiqlik almashtirgich E4. Sirkulyatsiyalanuvchi SKO‘ni sovutish uchun mo‘ljallangan. Gorizontal, qobiqqoplamali, quvur bo‘shlig‘i bo‘yicha to‘rt yo‘lli. Issiqlik almashinish yuzasi 616 m2, issiqlik unumdorligi 35028400 kj/soat, ∆to‘r 24OC. Texnologik sxemada birin-ketin joylashgan ikkita issiqlik almashtirgich o‘rnatilgan.
Texnik tavsifi
Quvurlararo
bo‘shliq
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
Bosim, MPa (kgs/sm2)
0,4 (4)
0,5 (5)
Harorat, OC
40
65
Muhit
Suv
SKO‘
Hajmi, l
5100
3450
Issiqlik almashtirgich E1. SKO‘ni omborga jo‘natishdan oldin qo‘shimcha sovutish uchun mo‘ljallangan. Gorizontal, qobiqqoplamali, quvur bo‘shlig‘i bo‘yicha sakkiz yo‘lli. Issiqlik almashinish yuzasi 205 m2, issiqlik unumdorligi 2200000 kj/soat, ∆to‘r 17OC.
Texnik tavsifi
Quvurlararo
bo‘shliq
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
Bosim, MPa (kgs/sm2)
0,7 (7)
0,5 (5)
Harorat, OC
14
25
Muhit
Suyuq ammiak
SKO‘
Hajmi, l
1450
1150
Ammiak bug‘latgich E2. Gorizontal, qobiqquvurli issiqlik almashtirgich, quvur bo‘shlig‘i bo‘yicha to‘rt yo‘lli. Issiqlik almashinish yuzasi 175 m2, issiqlik unumdorligi 1512860 kj/soat, ∆to‘r 44OC.
Texnik tavsifi
Quvurlararo
bo‘shliq
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
Bosim, MPa (kgs/sm2)
0,7 (7)
0,5 (5)
Harorat, OC
14
65
Muhit
Ammiak
SKO‘
Hajmi, l
1560
1250
Ammiak qizdirgich E3. Vertikal, qobiqquvurli biryo‘lli issiqlik almashtirgich. Issiqlik almashinish yuzasi 12 m2, issiqlik unumdorligi 658420 kj/soat, ∆to‘r 119OC.
Texnik tavsifi
Quvurlararo
bo‘shliq
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
Bosim, MPa (kgs/sm2)
0,4 (4)
0,7 (7)
Harorat, OC
150
50
Muhit
Bug‘
Gaz holatidagi
ammiak
Hajmi, l
70
35
Markazdan qochma nasoslar P20 va P21. Issiqlik almashtirgich jihozi orqali SKO‘ sirkulyatsiyasi uchun mo‘ljallangan. Xromli cho‘yandan tayyorlangan. Uzatish 50 m3/soat, uzatish balandligi 50
m. Elektrodvigatel quvvati 22 kVt, aylanish chastotasi 2950 min-1.
Markazdan qochma nasoslar P22 va P23. Tayyor mahsulotni omborga uzatish uchun mo‘ljallangan. Xromli cho‘yandan tayyorlangan. Uzatish 400 m3/soat, uzatish balandligi 41 m. Elektrodvigatel quvvati 132 kVt, aylanish chastotasi 1470 min-1.
Suyuq kompleks o‘g‘itlar saqlash va yuklash tarmog‘iga quyidagi asosiy jihozlar o‘rnatilgan:
Tayyor mahsulot ombori R5, R6. Ko‘pgina SKO‘ qurilmalarida har birining hajmi 20000 m3 bo‘lgan ikkita ombor bo‘ladi. Ayrimlarida esa – har biri 10000 m3 dan 3 ta ombor bo‘ladi. Ombor tubi tekis va qopqog‘i sferik bo‘lgan payvandlangan silindrik shakldagi rezervuar ko‘rinishida bo‘ladi. Balandligi 12000 mm, diametri 45600 mm. Uglerodli po‘latdan tayyorlangan, ichki yuzasi epoksid asosidagi lak-bo‘yoq materiallari bilan qoplangan. Rezervuar ostiga sirkulyatsiyalanuvchi SKO‘ni kirishi uchun besh seksiyali kollektor joylashtirilgan. Rezervuarning pastki qismiga SKO‘ni qizdirish uchun issiqlik almashtirgich biriktirilgan.
Issiqlik almashtirgich E5. Tayyor mahsulot omborida SKO‘ni qizdirish uchun mo‘ljallangan. Gorizontal, qobiqquvurli, bir yo‘lli. Issiqlik almashinish yuzasi 30 m2, issiqlik unumdorligi 4219500 kj/soat, ∆to‘r 112OC.
Texnik tavsifi
Quvurlararo
bo‘shliq
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
Bosim, MPa (kgs/sm2)
0,2 (2)
0,4 (4)
Harorat, OC
25
150
Muhit
SKO‘
Bug‘
Hajmi, l
225
225
Markazdan qochma nasoslar P51 va P52. Ombordagi SKO‘ sirkulyatsiyasi va SKO‘ni temiryo‘l sisternalariga yuklash uchun mo‘ljallangan. Xromli cho‘yandan tayyorlangan. Uzatish 400 m3/soat, uzatish balandligi 30 m. Elektrodvigatel quvvati 90 kVt, aylanish chastotasi 1410 min-1.
Markazdan qochma nasoslar P53 va P54. SKO‘ni avtosisternalarga yuklash uchun mo‘ljallangan. Xromli cho‘yandan tayyorlangan. Uzatish 50 m3/soat, uzatish balandligi 50 m. Elektrodvigatel quvvati 30 kVt, aylanish chastotasi 2950 min-1.
Tayanch so‘zlar: Rezervuar korpus, uglerodli, vulkanlangan, rezervuar, uglerodgrafitli plitka, aralashtirgich, plitka, qovurg‘alar, markazdan qochma nasoslar, issiqlik almashtirgich, ammiak qizdirgich, xromli cho‘yan, elektrodvigatel.
Nazorat savollari va topshiriqlari
Superfosfat kislota qabul qilish va saqlash tarmog‘i danday jihozlar kiradi
SFKni ammoniylash uchun quvurli reaktor sxemasini bayon eting