O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Qayiqli karusel vakuum-filtrida boradigan jarayon



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə31/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

9.3. Qayiqli karusel vakuum-filtrida boradigan jarayon
Ekstraksiyalashning qulay sharoitida fosfat minerallarining parchalanish tezligi etarlicha yuqori bo‘ladi, jarayonning davomiyligi esa kristallanish tezligi va kalsiy sulfat kristallarining o‘sishi orqali aniqlanadi. Amalda ekstraksiyalash davomiyligi xom ashyo turi va jarayon tartibiga qarab 4-8 soat ni tashkil etadi. Bu etarlicha yirik (albatta, cho‘ktirishning qulay sharoitiga amal qilinganda), filtrda oson ajraluvchi kristallar xosil bo‘lishini ta’minlaydi va reagentlarni tushishini boshqarishda qisqa muddatli o‘zgarishlar natijasida Yuzaga keluvchi jarayon ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi omillardan yiroq bo‘lishga olib keladi. Jarayon davom etishining kerakli vaqti, tegishlicha reaksion xajm (ekstraktor) tanlash va u orqali reaksion massa (suspenziya) ning sekinlik bilan ammo shiddatli aralashtirilgan xolda o‘tishi xisobiga ta’minlanadi. Reaksion xajm sifatida bir, ikki va undan ortiq sondagi reaktorlar ishlatiladi. Masalan, aralashtirgichlar bilan ta’minlangan va to‘siqlar bilan ajratilgan bir necha bo‘linmalardan iborat to‘g‘ri burchakli katta rezervuar shaklidagi bir bankali ekstraktor; bo‘linmalarga ajratilgan yoki to‘siqsiz 2-8 silindrik ekstraktorlardan iborat pogonali qurilma (kaskad) kabilardan foydalaniladi.

Ekstraktorlar, aralashtirgichlar, o‘tkazuvchi quvurlar, nasoslar va boshqa jixozlar qaynoq fosfor kislota ta’siri (korroziyasi) dan va suspenziyani aralashishi xisobiga Yuzaga keladigan ishkalanish ta’sirida emirilish (eroziya) dan ximoya kilingan bo‘lishi lozim.


Fosfatli xom ashyo, sulfat va aylanma fosfat kislota me’yorlashtiruvchi qurilmalar va nasoslar yordamida ekstraktorning birinchi bo‘linmasiga uzatiladi. Dastlabki aralashmada fosfor kislota xam bo‘lganligi sababli:
Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5H2O = 5Ca(H2PO4)2*H2O + NF tenglama bilan ifodalanuvchi reaksiya xam sodir bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘ladigan monokalsiyfosfat sulfat kislota bilan qayta ishlanib, kalsiy sulfat kristallantiriladi. Ekstraktorning birinchi bo‘linmasiga, shuningdek, oxirgi yoki undan oldingi bo‘linmadan suspenziyaning birtalay qismi qaytariladi — bu esa to‘yinishning kamayishini va kalsiy sulfatning kristallanish sharoiti yaxshilanishini ta’minlaydi. Ekstraktorning gazli bo‘shlig‘idan xom ashyoni parchalanishi natijasida ajraladigan ftorli gazlar absorbsion sistemaga surib olinadi, u erda N2SiF6 ning suvli eritmasi bilan tutib qolinadi.
Ekstraktorning oxirgi bo‘linmasidan kalsiy sulfatning fosfor kislotali suspenziyasidagi suyuq va qattai fazalarni ajratish uchun filtrlashga yuboriladi. Fosfogipsni suspenziya massa suyuq fazasidan ajratish natijasida — asosiy filtrat, fosfogipsni suv bilan yuvish natijasida esa — yuvindi filtrat xosil qilinadi. Asosiy filtratning bir qismi tayyor maxsulot sifatida chiqariladi, qolgan qismi esa yuvindi filtrat bilan aralashtiriladi va aylanadigan eritma tarzida ekstraktorga qaytariladi. Yuvish soniga bog‘liq xolda turli konsentratsiyadagi bir necha filtratlar xosil bo‘ladi. YUvish soni bo‘yicha filtrlash sxemasi nomlanadi, masalan uch-, turtfiltratli va x.o.Fosfogipsning ajratilishi va yuvilishi barabanli lentali, aylanuvchi konveyer-qayiqli (karuselli) va boshqa vakuum-filtrlarda amalga oshiriladi. Filtrlarga quyiladigan asosiy talab bu fosfat kislotadan cho‘kmani yaxshi yuvib olishni ta’minlashdir.
Ko‘pincha katta quvvatdagi ekstraksya sistemalarda qayiqli karusel vakuum-filtrlar qo‘llaniladi (4.2 — rasm). U aloxida-aloxida 24 qayiqdan iborat va ularning tag qismiga filtrlovchi to‘qima yotqizilgan bo‘ladi. Qayiqli uzunligi 1,9 m ni, eni - ichki bo‘lmasida 0,9 m ni, tashki bo‘lmasida esa 1,2 m ni va chuqurligi 0,2 m ni tashkil etadi. Qayiqlar aylanma rels bo‘yicha xarakatlanadigan g‘ildirakli aravachalarga o‘rnatilgan bo‘ladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin