O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)
10.1-rasm. Digidrat usulda ekstraksya fosfr kislota ishlab chiqarish sxemasi:
1 — fosfatli xom ashyo uchun bunker; 2 — og‘irlik o‘lchovchi me’yorlagichi; 3 — ikki bankali ekstraktor; 4 — sulfat kislota yig‘gich; 5 — botirma nasoslar; 6 — sulfat kislota me’yorlagich; 7 — sirkulyasiyali botirma nasos; 8 — bug‘latgich; 9 — tomchi ushlagich; 10 — kondensator; 11 — barbotajli netrallagich; 12 — karusel vakuum-filtrning tarnovlari; 13 — separatorlar, 14 — filtrlash to‘qima regeneratsiya qilishda xosil bo‘luvchi suspenziyaning yig‘uvchi; 15, 16, 17 — birinchi (asosiy) filtrat uchun (15), aylanma fosfat kislota uchun (10), yuvindi filtrat uchun (17) barometrik yig‘gichlar;
Ekstraktordagi suspenziyaning suyuq va qattiq fazalari nisbati, ya’ni C:K = (1,7-2,5):1 da ushlab turiladi. Suspeziya birinchi reaktordan ikkinchisiga oqib tushadi, u erdan uning asosiy qismi kuchli botirma nasoslar 7 (kuvvati 600 m /s bo‘lgan ikkita nasos) yordamida vakuum-bug‘latgich 8 ga beriladi. Vakuum-bug‘latgich rezervuardan iborat bo‘lib, u erda vakuum-nasos yordamida pastaytirilgan bosim ushlab turiladi. SHu tufayli unga tushadigan suyuqlik guyoki kizdirilgandagi kabi kaynaydi, natijada esa undan ma’lum mikdordagi suv bug‘lanadi. Bu esa xararatning 3-5°S ga kamayishiga olib keladi (xaroratning keskin kamayishi mumkin emas). Vakuum-bug‘latgichdan chiqadigan gazlar tomchi ushlagich 9 orqali ustki kondensator 10 ga o‘tkaziladi, u erda suv bug‘i kondensatsiyalanadi va ftor birikmalarining ma’lum bir qismi ushlab kolinadi.
Gazlarni ftordan tozalashning oxirgi bosqichi barbotaj neytrallagich 11 da amalga oshiriladi.
Maxsulot sifatidagi suspenziya qayiqli karusel filtrga kelib tushadi. U erda uch filtratli sxema bo‘yicha gips ajratiladi va yuviladi. Aktiv sirt yuzasi 80 m2 bo‘lgan filtr kattaligi: uzuNaCl — 3,27 m, ichki eni — 0,97 m, tashki — 1,92 m, chuqurligi — 0,2 m bo‘lgan t qayiqdan iborat. Filtrlovchi material sifatida fosfor kislotaga chidamli bo‘lgan — lavsanli va boshqa sintetik to‘qimalar ishlatiladi.
Gaz-suyuqlikli aralashma separator (13) larda ajratiladi, ularda vakuum-nasoslar yordami bilan 65-85 kPa li vakuum sharoiti ushlab turiladi. Birinchi filtrat F1 tayyor maxsulot yig‘gichi 15 ga yuboriladi, uning bir qismi aylanma kislotaning barometrik yig‘gichi 16 ga quyilish orqali o‘tadi. U erga, shuningdek cho‘kmani uchinchi filtrat F3 bilan yuvishdan xosil bo‘lgan ikkinchi filtrat F2 xam tushadi. Filtrat F3 — suspenziya cho‘kmasining filtrli tukimani regeneratsiyalash (yiggich 14) dan olingan eritma va qaynoq (60-70°C) toza suv bilan yuvilishi natijasida xosil bo‘ladi (yiggich 17). YUvilgan gips qayiqdan chiqindixonaga, agarda suspenziya shaklida chiqarilsa yig‘gichga yoki «quruk» xolda chiqarilsa transportyor lentasiga uzatiladi. Filtratlardagi P2O5 mikdori — boshlang‘ich xom ashyo sifatida apatit konsentrati ishlatilganda: F1 da — 28-32%, F2 da — 22-25%, F3 da esa — 5-10%; fosforit flotokonsentrati ishlatilganda esa: F1 da 21-22%, F2 da - 14-15%, F3 da esa - 5-7% bo‘ladi.