O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)
9.2-rasm.. Qayiqli karusel vakuum-filtr.
Ikkita shayba — biri qayiq bilan birgalikda aylanuvchi xarakatchan va ikkinchisi tegishli vakuum-yig‘gichlardagi qo‘zg‘almas golovkalar yordamida filtratlar surib olinadi. Xar bir tarnov filtrlash va yuvish doirasi (zoNaCl) dan o‘tgandan so‘ng, fosfogips qatlamini to‘kish uchun avtomatik suratda ag‘dariladi. Filtrlovchi to‘qima yuviladi va xavo bilan quritiladi. So‘ngra tarnov yana ishchi xolatga keladi va asosiy filtrlash doirasiga ko‘chadi. Filtrlash yuzasi 40-100 m2 ga teng. Bu filtrning afzalliklaridan biri — cho‘kmani minimal mikdordagi suv bilan yuvish mumkin.
Vakuum-filtrlarda fosfogipsni ajratishda 1 m2 filtrlash yuzasidan bir soat ichida 500-800 kg gips cho‘kmasi yoki 1000-1400 kg yarimgidrat ajratiladi (quruk massa xisobida). Fosfogipsning gigroskopik namligi 35-40% ni tashkil etadi. Olinadigan (quruk) fosfogipsning mikdori fosfatning navi va kalsiy sulfatning gidratlanish darajasiga bog‘liq xolatda qayta ishlanadigan har bir tonna tabiiy fosfatdan 1,2 – 1,6 t quruq fosfogips hosil bo‘ladi. Apatitning qayta ishlanishida kalsiy sulfat yarimgidratining unumi 140% ni, digidratining unumi esa 160% ni tashkil qiladi. YUvilgan sulfatli cho‘kma filtrlash sexidan «quruq» xolatda transportyor, avtomashina va boshqalar yordamida yo‘qotiladi yoki suv bilan qorishtirilib nasos yordamida chiqindi xovuzlariga xaydaladi.
Qoratog‘, shuningdek, ayniqsa Qizilqum fosforitlari tarkibida qo‘shimchalar ko‘p bo‘lganligi uchun ekstraksiyalash jarayonida bir talay qiyinchiliklar kelib chiqadi, ishlab chiqarishning texnologik ko‘rsatkichlari birmuncha pasayadi va chiqindi fosfogipsning solishtirma xajmi ko‘payadi.
Xozirgi paytda butun dunyo sanoatlari amaliyotida sulfat kislotali ekstraksiyalash jarayonining kalsiy sulfatni cho‘ktirish tartibi va texnologik sxemalar aloxida bo‘g‘inlarining uskunali jixozlanishi: boshlang‘ich reagentlarni me’yoriy kiritish, reaksion suspenziya olish, uning xaroratini boshqarish, ajralib chiqadigan ftorli gazlarni zararsizlantirish, suspenziyani ajratish va sulfatli cho‘kmani yuvish, uni chiqindixonaga yo‘qotish bilan farqlanuvchi bir necha o‘nlab variantlari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.