O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


MA’RUZA №11. Ekstraktsion fosfor kislota olishning yarimgidratli va yarimgidrat-digidratli usuli



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə40/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

MA’RUZA №11. Ekstraktsion fosfor kislota olishning yarimgidratli va yarimgidrat-digidratli usuli
REJA:


  1. YArimgidratli usullar ekstraksiyalash jaryoni


  2. Yarimgidrat-digidratli jarayonlar



11.1.YArimgidratli usullar ekstraksiyalash jaryoni


YArimgidratli usullar ekstraksiyalash jaryonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsentrlangan fosfor kislota olish yo‘llari bo‘yicha izlanishlar natijasida yaratildi. Ularni amaliyotda tatbik etilishi shuni ko‘rsatadiki, bunda ular xam afzallikka (reaktor va filtrlash qurilmalarining yuqori intensivlikka egaligi, maxsulot kislotasi konsentratsiyasining 35-48% P2O5 gacha ortishi, sulfatli cho‘kma chiqindisining kamayishi), xam etarlicha kamchilikka (reaksion muxit agressivligining ortishi, P2O5 va ftor yo‘qotilishining ortishi, nostabil yarimgidrat cho‘kmasining qisman gidratlanishi natijasida filtr tagligiga yopishib qolgan cho‘kmanining o‘sishi xisobiga filtrning yirtilib ishdan chiqishi va x.o.) egadirlar. Bu kamchiliklar birin-ketin bartarf etilmokda va jaxon amaliyotidagi yarimgidratli usulning o‘rni yanada kengaymokda.
Fosfat kislotani ekstraksiyalashning yarimgidratli jarayoni bir necha sxemalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Ulardan birida barcha reagentlarni reaktorning birinchi bo‘linmasiga kiritish bilan xuddi yuqorida bayon etilgan digidratli usuldagidek jarayon amalga oshiriladi. YArimgidratning cho‘kishi suyuq faza tarkibida 35-38% P2O5 va 1-1,5% SO3, xarorat 95-105°S bo‘lganda sodir bo‘ladi. Boshqa xil variantda esa apatitni oldindan 3-4 karra ko‘p mikdordagi konsentrlangan (45-48% P2O5) fosfat kislota (birinchi filtrat va aylanma suspenziya) bilan 95-102°S da parchalanadi; olingan monokalsiyfosfat tuggan suspenziya, so‘ngra 92-93% li sulfat kislota bilan qayta ishlanadi. Apatitni parchalash va yarimgidratni kristallantirish bosqichlarining jixozli bo‘linishi natijasida xom ashyodan yuqori darajada (97-98,5%) foydalanishga erishiladi va tarkibida: 0,2-0,4% SaO; 0,5-0,8% SO3 1-1,2% (Fe.Al2Oz; 1-1,1% F yoki 0,2-0,3% F (suspenziya suyuq fazasini soda yordamida ftorsizlantirish orqali) bo‘lgan konsentrlangan (45-48% P2O5) maxsulot kislotasi olinadi.
YArimgidratli jaryonlarda nostabil kalsiy sulfat cho‘kmasini suv bilan yuvish va sexdan yuqotishni ta’minlash kerak. Ammo uni digidratga o‘tkazish, xattoki suvli suspenziyaga ma’lum mikdordagi stabilizatorlar [masalan, Sa(ON)2] qo‘shilganda xam sekin kechadi. Bu esa uning uzatilishini suvli suspenziya xolatida quvurli gidrouzatgichlarda uzatilishini talab etadi. Suyuq fazadagi P2O5 konsentratsiyasi va reaktordagi xarorat nisbatan yuqori bo‘lganligi uchun, digidratli jarayonga nisbatan yarimgidratli jarayonlarda ajraladigan gazli fazadagi ftorning mikdori ko‘p bo‘ladi va 15-50% ni tashkil kiladi; uning tutib qolinishi va boshqa maqsadlarda foydalanilishini ta’minlash lozim bo‘ladi. Umuman olganda, yarimgidratli jarayonlardagi P2O5, ning texnologik unumi digidratliga nisbatan 1-2% ga kam bo‘ladi, shunga mos xolda maxsulotli unum xam kamayadi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin