O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə192/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ega. Vafot etganning oila a’zolariga nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:

  • oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga – vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaning 100 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga nafaqaning 75 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga nafaqaning 50 foizi.

Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa tayinlashda tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga boquvchisining vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma va bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi taqdim etiladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi. Nafaqaning bu turi quyidagi hollarda beriladi:

  • vaqtincha mehnatga qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda;

  • sanatoriy-kurortlarda davolanganda;

  • kasallanganda oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;

  • karantinda;

  • sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;

  • mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqazilganda.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) varaqasi asos bo‘ladi. Nafaqaning bu turi mehnat qobiliyati yo‘qotilgan birinchi kundan to u tiklanguncha qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan nogironlik belgilangunga qadar beriladi.
Sanatoriy-kurortlarda davolanganda beriladigan nafaqa. Sanatoriy-kurortlarda davolanishda, agar xodimning ta’til kunlari uning davolanishi uchun yetarli bo‘lmasa, u holda unga sanatoriy-kurortda davolangan barcha kunlari uchun, xodimning mehnat ta’til kunlari chiqarib tashlagan holda nafaqa hisoblanadi. Xodim mehnat ta’tilidan sanatoriy-kurortga borishdan avval foydalangan bo‘lsa ham nafaqa mehnat ta’tili kunini chiqarib tashlagan holda hisoblanadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin