Har qanday davlatda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy institutlarning butun bir tizimi mavjud. Ijtimoiyinstitut– bu odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki me’yoriy jihatdan tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iborat. Mazkur tartib doirasida tegishli institutlar faoliyati bilan qamrab olingan insonlarning ijtimoiy vazifalari va maqomlarini taqsimlash ro‘y beradi.
Jahon tajribasining tahliliga ko‘ra, ijtimoiy himoyaning beshta asosiy institutini ko‘rsatish mumkin:
Davlatijtimoiyyordami.Mehnatga layoqatliligi yo‘qligi, ishsizligi, daromad manbai mavjud bo‘lmagani sababli mustaqil ravishda o‘zini moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy yordami hisoblanadi. Bu yordam turining hajmi o‘tmishdagi shaxs daromadi yoki aholining umumiy turmush darajasi bilan bog‘liq emas. Ijtimoiy yordam xayrixohlik tusiga egadir. Ijtimoiy yordam doirasidagi nafaqa va yordam pullari faqatgina qonunchilikda qayd etilgan fuqarolar toifalariga beriladi.
Davlat ijtimoiy ta’minoti. Ushbu himoya shaklida avvaldan ma’lum to‘lovlar bajarilganmi yoki yo‘qmi, shuningdek, shaxslarning moddiy
olati (muhtojligi) e’tiborga olinmagan holda davlat tomonidan ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi. Mazkur ijtimoiy himoyaning moliyaviy manbalari – bu umumiy va maxsus soliqlar hisobidan shakllanadigan davlat byudjetidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadigan mablag‘lar.
Majburiyijtimoiysug‘urta.Bu iqtisodiy faol aholini o‘z daromadini mehnatga layoqatsizligi tufayli (kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik) yoki ishsiz qolgani sababli yo‘qotish xavfidan ijtimoiy himoyalash institutidir. Moliyaviy manbalar – ish beruvchilar, ishchilar (ba’zan davlat)ning o‘zaro yordam va o‘z-o‘zi uchun mas’ul bo‘lish, hamjihatlikning omillariga asoslangan sug‘urta to‘lovlari (badallari). Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni sug‘urtalash tizimlari
bundan istisno, ular faqatgiga ishchilarning badallari hisobidan ta’minlanadi.