O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


-rasm. Sotsial tadqiqotlar orqali axborotlar olish imkoni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə186/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

14.4.1-rasm. Sotsial tadqiqotlar orqali axborotlar olish imkoni


Qayd qilingan sotsiologik tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari bor. Shuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va ko‘proq samara berishiga qarab tanlash
lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma’lum darajada birga qo‘shib qo‘llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
Sotsial-ruhiy usullar "Boshqarish sotsiologiya"si va "Boshqarish psixologiyasi"ga asoslanadi.
Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o‘zaro aloqasi, jamoaning sotsial rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko‘rib chiqadi.
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o‘rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo‘yiщda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rag‘batlantirishda, intizomni mustahkamlaщda va hokazolarda qo‘llaniladi.
Psixologiya insonning ruhiyatini o‘rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, harakter va mijoz kiradi.
Sotsial psixologiya — bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining sohasidir.
Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi.
Nnzo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.
Mehnat hamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug‘ullanish o‘rniga, o‘zlarining o‘rinsiz e’tirozlarini
gapirib ham o‘zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg‘itib, ishlashga halaqit beradi.
Bunday nosog‘loim vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada sotsial-ruhiy vaziyat yomonlashdi. Bu esa o‘z-o‘zidan ishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin