topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.
14.1.3-rasm. Tashkiliy-ma’muriy usullar
Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi obyektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo‘ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Tashkiliy usullar shu yo‘l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funksiyalari bajarilishining:
14.1.4-Ichkionglialoqalarning tarkibtopishigayordamberadiganuslublar Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o‘zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi obyektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi.
Shu bilan birga, ma’muriy yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv usuli xo‘jalik yurituvchi subyektning tanlash erkinligini cheklab qo‘yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’muriy boshqarish bozorga xos bo‘lgan tartibga solish harakatiga to‘sqinlik qiladi.
Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o‘z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iktisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to‘sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo‘sinda boshqaradi.
Ma’muriy usullardan;