14.1.11-rasm.Boshqaruvqarorlariniqabulqilishuslublari Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar tarkibiga:
ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari;
dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o‘rin beriladi.
14.1.12-rasm.Muammoniqo‘yishbosqichidaqo‘llaniladiganuslublar Muammoni hal qilish, ya’ni yechim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashga "Nima sodir bo‘ldi" va "qaysi sabablar ta’siri ostida bo‘ldi" degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo‘llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi.
Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larini shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu yerda so‘z ko‘pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funksiya to‘g‘risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo‘la oladi: