Bu manfaatlarni uyg‘un sur’atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ruyobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni:
bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e’tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalaniщdir.
Boshqariluvchi obyektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan tasir korxonalarni: