O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə38/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Qo‘l qisishuv.Biz har kuni bir-birimizning qo‘limizni qisamiz, lekin buni ko‘pincha noto‘g‘ri qilamiz. Bu yerda hech qanday qiyinchiliklar yo‘q, do‘stona qo‘l qisishuvlar esa ko‘p ma’noni bildiradi. Bu boshqalar bilan jismoniy aloqaga kirishishning eng birinchi va asosan yagona usulidir. Va bu o‘z vazifasini bajarishi lozim.
Yaxshi qo‘l qisishuvni ikkita so‘z - qisqa va kuchli so‘zlari bilan ifodalash mumkin. Qo‘l qisishuv kuchi qat’iy ishonchdan darak beradi.
Ovoz.Qo‘l qisishni oddiy “Salom!” yoki “Assalomu - alaykum!” degan so‘zlar bilan bajargan ma’qul. Lekin bu so‘zlar aniq eshitilishi va erkin, hamda ishonchga to‘la bo‘lishi kerak. Siz insonga ishonmagan takdiringizda ham buni bildirmang.



4.2.2-rasm. Jismoniy vositalar


Sizning qadam tashlashingiz kabi nutqingiz ham ravon bo‘lsin. Tez gapirish insonni fikridan adashtiradi, hayajonlanishingizni ko‘rsatib qo‘yadi. Siz qabul qilishga qulay bo‘lgan tezlik bilan ifodali qilib gapiring. Nima gapirayotganligingizni faqatgina uylab emas, balki qanday gapirayotganingizga ham qo‘loq tuting. Ovozingiz qanday eshitilishini tasavvur qiling.


Boshqalar muloqotda o‘zini qanday tutishini kuzating.


Muloqotga kirishayotgan tomonlarni kuzatishning ko‘p imkoniyatlari mavjud. Kinofilmlarda ham, teleko‘rsatuvlarda ham tanishuv va uchrashuv sahnalarini ko‘rish mumkin. Ko‘rish vaqtida e’tibor bering. Ovozga, gavda tutilishiga, harakatlarning ravonligiga e’tibor qiling. Insonlarni muloqot jarayonida kuzatish mumkin bo‘lgan sharoitlarda ishlasangiz, bundan foydalaning. Muloqot boshlanishini, masalan, restoranda ham kursa bo‘ladi. Mana ishbilarmonlar bir-birini qarshilamoqda. Ular buni qanday bajaradilar? Nima sodir bo‘layapti? Insonlar qanday qilib shakllanib bo‘lgan guruhlarga qo‘shilayaptilar? Bu qanday harakatlar bilan amalga oshirilmoqda? Sodir bo‘layotgan narsalarni kuzatishdan foydali xulosalar chiqaring. Bu narsalarga yuzaki qaramang, asl mohiyatiga e’tibor bering. Mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tasavvur qiling. Har bir qulay vaziyatlarda Siz muloqot yo‘llari va
usullarini amalda qo‘llang. Siz endi qatnashadigan vaziyat holatlarini tahlil qilish uchun vaqtga ega bo‘lib, muloqot jarayonida erishmoqchi bo‘lgan maqsadingizni aniq qo‘yib, Siz ancha ustunlikni qo‘lga kiritasiz. Balki har qachon va har qanday holatda omad sizga qo‘lib boqmas, lekin Sizning g‘alabalaringizning o‘rtacha darajasi yuqori bo‘ladi.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin