O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


O‘ziga xos “profilaktika”



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə44/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Oziga xos “profilaktika” sifatidagi tanqid
Standart tanqid


Korgazmali tanqid
Ogohlantiruvchi - qoralovchi tanqid



4.5.2-rasm.G‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi tanqid33




Ikkinchidan, tanqid yaxshi niyatli bo‘lib, tanqid qilinuvchining ijobiy hislatlari va xizmatlarini hisobga olishi kerak. Uning vazifasi - insonni kamsitish emas, balki uni yaxshi tomonga o‘zgarishiga yordamlashish, mavjud holatdan chiqish yo‘llarini ko‘rsatish. Tanqid faqat salbiy zaryadlardan iborat bo‘lsa, u doim adolatsiz deb qabul qilinadi.
Uchinchidan, tanqid aniq obyektga qaratilishi kerak. Kishining aniq harakatlarini baholash o‘rniga uning shaxsini, xarakterini tanqid qilish yaxshilik keltirmaydi.
To‘rtinchidan, tanqid aniq yondoshishni, insonning temperamenti va xarakteri xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Ayrimlar tanqidga salbiy munosabatda bo‘ladi, lekin tez tinchlanib o‘ziga keladi,




33 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 103-бет.

boshqa shaxsga “yetib bormasligi” ham mumkin, uchinchi shaxsni tortishuvga chaqirish, to‘rtinchi shaxs esa o‘z kilmishini chuqur qoralashga moyil bo‘lib, unga nisbatan jazo qo‘llash ortiqchadir. Hatto bir xil jazo chorasi ruhiy holat kechinmalari, pedagogik ta’sir ko‘rsatish kuchiga ko‘ra turli ta’sir ko‘rsatadi.
Ish faoliyati rahbarni ko‘pincha murakkab va nozik vaziyatlarga duch qiladiki, bunda psihologlar tavsiya etgan xulq-atvor qoidalariga rioya etish asabiy tanglikni pasaytirishga va xatolardan himoyalanishga yordam beradi. Birgina ishdan bo‘shash jarayonini olsak: hamma unga uchraydi va barcha uchun u doim murakkabdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa u yanada keskinlashadi. Ishdan bo‘shashdagi stresslarni biroz bo‘lsa ham pasaytirish uchun amerika biznes va menejment maktablarida hatto yangi mutaxassislarni – menedjer-terminatorlarni (inglizcha terminate – tugatish) tayyorlaydilar, ular shu kabi ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida malakali rahbarlar juda zarur degan xulosa chiqarish mumkin. Asosiysi – rahbar bizning davrimizda qarorlar chiqarishda kat’iy bo‘lishi, kishilarni, birinchi navbatda o‘z atrofidagilarni juda yaxshi bilishi, faqat bo‘ysinuvchilar bilan emas, balki yuqoridagi rahbarlar bilan muomala yuritishda prinsipial bo‘lishi kerak.
O‘z xodimlari bilan suhbatlashayotgan rahbar o‘z fikrlarini tushunarli bayon qilishi, suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglashi, har qanday e’tirozlarni rad qilmasligi zarur, chunki aynan shu e’tirozlar berilayotgan axborotning yetarli emasligini ko‘rsatadi.

    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin